Buxoro tuman 38-umumta’lim maktabi
direktorining 2022-yil 5-fevraldagi
buyrug‘iga 1-sonli ilova
38- umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga atab rasmlar tanlovini o’tkazish to’g’risidagi
NIZOM
Mazkur nizom umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarda Davlat ta’lim standartlari dasturi asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarda estetik badiiy didni o‘stirish, ona Vatanga tabiat ne’matlariga mehr tuyg’ularini shakllantirish va iqtidorli o’quvchilarni saralash tartibini belgilaydi .
I. Umumiy qoidalar
1.Tanlovni tashkil etish va o’tkazish.
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga atab rasmlar tanlovi maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilishini taminlaydi.
2.Tanlov umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflar Davlat ta’lim standartlari dasturi asosida o’tkaziladi.
II. Tanlovning maqsadi
Tanlovning asosiy maqsadi boshlang’ich sinf o’quvchilarini fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, nutqini o’stirish, vatanga sadoqat, buyuk ajdodlarimiz merosini qadrlash, badiiy – estetik didni o‘stirish, o’z tasavvurini rasmda tasvirlay olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
III.Tanlovning vazifasi
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ularning zaxirasini shakllantirish, 1-4 sinf o’quvchilarini keyingi bo‘ladigan ko‘rik - tanlovga tayyorlab borish.
IV.Tanlovni o’tkazish vaqti va tartibi
1-4 sinf o’quvchilarining tanlovga ishtirok etish ixtiyoriy. Tanlov umumta’lim maktabida 2022-yil 8-fevralda o’tkaziladi.
V. Tanlovning shartlari
1. Tanlovda ishtirok etadigan o‘quvchilar buyuk bokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur i haqida ma’lumotga ega bo‘lish, ularninhg buyuk siymosi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
2. Ranglardan to’g’ri foydalanish, rasmni chiroyli tasvirlanishi va vatanga muhabbat, tariximiz va o`tmishimizga,bobolarimiz qoldirgan buyuk merosiga oqilona munosabatni aks ettishi kerak. O’quvchilarda axloqiy – tarbiyaviy, estetik sifatlarni shakllantirishga e’tibor qaratilishi kerak.
3. Tanlovda taqdim etilgan ishlarni baholash maktab tasviriy san’at fani va boshlang’ich ta’lim o’qituvchilaridan tashkil topgan 3-5 nafardan iborat komissiyaga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |