1-o`quvchi:
Gullar qayerda qo`llaniladi?
2-o`quvchi:
Gazlamalarda gul bosishda, chinni idishlarga, gul so`lishda, uylarga, gul solishda, sochiq va dasturxonlarga gul solishda, guldastalar tayyorlashda ishlatiladi.
3-o`quvchi:
Gullar nima uchun kerak bo`ladi?
4-o`quvchi:
Sovg`a sifatida tabriklash uchun, do`stlik va sadoqat ramzi sifatida bayram kunlarini, tug`ilgan kunlarni nishonlashda ulug` kishilarni, onalarni qadrlashda kerak bo`ladi.
5-o`quvchi:
Gullarni qanday xosiyatini bilasiz?
6-o`quvchi:
Guldan atir tayyorlanadi, sovun va dori tayyorlanadi, guldan efir moyi olinadi, guldan asalarilar asal to`playdilar, gul ob-havoni oldindan bilishga yordam beradi.
Bahoroy: Gullar bizga qanday quvonch bag`ishlaydi.
1-o`quvchi:
Gul bor joyda kulgu, shodlik hukm suradi.
2-o`quvchi:
Gul bor joyda tinchlik davron suradi
3-o`quvchi:
Gul bor joyda baxt kulib boqadi
4-o`quvchi:
Gul bor joyda go`zallik yashayveradi
5-o`quvchi:
Gul bor joyda qayg`u yo`qolaveradi
Bolalar:
Gul bu – hayotimiz
Gul bu – Baxtimiz
Gul bu – Tinchligimiz
Gul bu – Do`stligimiz
Gul bu – mehrimiz
Boshlovchi: Endi navbat qo`shiq va raqslarga
O`qituvchi: Kelinglar, do`stlar, gulning, borlig`i uchun va porloq kelajakning, baxtiyor yoshlikning, farovon turmushning gullab-yashnashi, osmonimizning beg`ubor bo`lishi uchun birgalikda mehnat qilaylik.
“Bolaligim gulbahor” ashulasi
Bog`imda gullar chaman
Men gullarni quchaman
Zavqla ochib quchog`in
Yayrab qushday uchaman
Bolaligim gulbahor
Unda bahor husni bor
Quyosh uni erkalab
Kulub boqar har nahor
Hur go`zallik o`rtog`im,
Ichib unga quchog`ini
O`tar, doim hushchqchaq
Mening bolalaik chog`im
Bahor menga o`xshaydi
U men bilan yashaydi
Qani endi yil bo`yi
U ketmasdan tursaydi
“Uchchala qiz” ashulasi
Uchchala qiz chiqdi ariq bo`yiga, bo`yiga,
Biri lola biri sumbul, biri gul
Eng kattasi chekkasiga gul taqdi, gul taqdi
Biri lola biri sumbul, biri gul
O`rtanchasi aslo qiyo boqmadi, boqmadi
Biri lola biri sumbul, biri gul
Eng kichigi endi to`ldi oltiga –oltiga
Biri lola, biri sumbul, biri gul.
Do'stlaringiz bilan baham: |