Boshlovchi: Bolalar davraga hozir bahoroyni chaqiramiz.
Bolalar: Bahoroy, bahoroy, bahoroy
Bahoroy: Musiqa
Men dala bog`larni uyg`otaman. Daraxtlar kurtagini sharbatga to`ldiraman. Qushlaru, hayvonlar bexalovat bo`lib qoladilar. Hu-u ana chumoli ham uyalaridan chiqib, tirikchilik tashvishiga tushib qoldilar.
Qani, bolalar kim mening do`stim bo`lsa, men tomonga shoshilsin. Faqat shartim shuki, bahor chehcaklari haqida she`r aytib bersin.
1-o`quvchi: Bahoroy, avval bizga …. Bahor elchilarini nomlarini aytib bermoqchi qani….
Ochildimi baychechak
Endi har yon gul demak
Chunki bahor elchisi
Shu mitti gul boychechak
2-o`quvchi:
Binafshadan o`zimga
Yuguribsan boychechak
Undan erta chiqishga
Ulguribsan boychechak
Ha bahorning birinchi quli boychechakdir. Yana bahor gullaridan Binafsha, lola, lolaqizg`aldoq, chuchmoma bahorning elchi o`simligi esa yalpizdir.
Boshlovchi: Qani bolalar yana qanday gullarni bilasiz?
Bolalar: Atirgul, rayxon, gulsapsar, nomoshomgul, gulbeor, gulhayri, bo`tako`z…
Boshlovchi: Juda to`g`ri. Endi davraga dilimizga zavq-shavq bog`ishlab xushboy hid taratuvchi bu nozik, gullarimizni taklif etsak. Ular o`zlari haqida she`r o`qib berishsa.
Bolalar: Marhabo, marhabo, marhabo… Bahoroy gapiradi.
1-o`quvchi: Boychechak
Gullar ichra birinchi
Ochilasan boychechak
Dala –qirlar bag`riga
Sochilasan boychechak
2-o`quvchi: Gunafsha yoki binafsha
Halima boqqa kirdi
Tong poyti shosha-pisha
Ilk bor gulin terdi,
Nomi jajji gunafsha
3-o`quvchi: Chuchmoma
Bahor chog`i ochilib
Xushboy hidga to`libsan
Hech to`ymadim termulib
Sog`inganim bilibsan
Do'stlaringiz bilan baham: |