Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 2-son mtmda o’tkazilgan “Jajji go’zal” tadbir ssenariysi Qorako’l-2019 y
Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar birgalikda bug`doy unidan tayyorlangan mazzali pecheniyalarni tayyorlashni o`rganamiz
Download 0.76 Mb.
|
Aralash ssenariylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi: Bolalar xozir sizlarga NON isi rivoyatini aytib beraman. Tarbiyachi
Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar birgalikda bug`doy unidan tayyorlangan mazzali pecheniyalarni tayyorlashni o`rganamiz.
Tarbiyachi: Bolalar pecheniyalarimiz pishkuncha markazlardagi faoliyatimizni boshlaymiz. Bolaalar sana`t markazida rasim chizadi qurish yasash markazida plastilindan non yasaydi fan va tabiat markazida bug`doy boshoqlarni yasaydilar. Tarbiyachi: Bolalar xozir sizlarga NON isi rivoyatini aytib beraman. Tarbiyachi: Bolalar kelinglar xozir shu rivoyatni birgalikda saxnalashtiramiz. Qo’shiq: “Non yopganda”bolalar ijrosida Tarbiyachi: Aziz bolajonlar bug’doydan, undan qanday o’zbektaomlari tayyorlanadi. Bolalar mazali pecheniyalarimiz pushibdi ularni tatib ko`ramiz. Yakunlash: Shuning bilan “Non aziz ne’mat” mavzusidagi tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Tarbiyachi Soylar oqqan kumush tog’lardan salom . Gul bog’lari chamanzor go’zal bog’lardan salom. Aziz Tarbiyachilarga zukko bolalardan salom, Xush kelibsiz mehmonlar barchangizga assalom. Assalomu Alaykum aziz mehmonlar Tarbiyachi va bolalar. Mana maktabgacha ta’lim tashkiloti o’g’il qizlari bilan birgalikda “ Gullar bayrami”ni tashkil qildik. Gullar bu so’zni eshitganimizdayoq kayfiyatimiz ko’tariladi. Inson o’zi tabiat ijodkori, shunday ekan , o’simliklarning taqdiri, ularning xulq atvoriga bog’liq. Inson tabiat bilan doima organik muloqotda bo’ladi.Inson bog’lar , o’rmonlar , gulzorlar yaratishga intiladi. Gullar insonlar kayfiyatini ko’taruvchi , ular orasidagi munosabotni yaxshilaydigan vosita bo’lib xizmat qiladi. Azia mehmonlar va Tarbiyachilar bugungi gullar bayramimizga xush kelibsiz . Bayram dasturimizni tomosha qilishga taklif qilamiz. Gullar bayramimizning shartlari. 1. Tabrik qism 2. Oyin 3. Gullar tilga kirganda She’rlar 4. Gullar haqida ma’lumotlar 5. Qo’shiq 6. Gullar tilga kirganda she’rlar 7. O’yin 8. Gullar haqida ma’lumot 9. Qo’shiq 10. Ko’rinish 11. Ko’rgazmalar Endi navbatni boshlovchi qizlarimizga beramiz. 1 boshlovchi . Qabul qiling do’stlarim, Bu bizning shirin kalom. Qo’limiz ko’ksimizda, Deymiz sizga assalom. 2. boshlovchi Davramizning hurmatli mehmonu mezmonlari, Muhtaram uztozlar-u, aziz bolalari. Assalomu alaykum o’zbegim ulug’lari, Assalomu alaykum qadami qutlug’lari. 1.boshlovchi Assalomu alaykum aziz mehmonlar. 2 boshlovchi Alpomishdek yigitlar , Barchinoydek go’zal qizlar. 1 boshlovchi Mana bugun sizlar bilan gullar bayramida uchrashib turibmiz 2 boshlovchi Guruhimiz bolalari tayyorlagan bayram dasturini tomosha qilishga taklif qilamiz .Ikkala boshlovchi . Marhamat 1 boshlovchi. Endi davramizga bahoroy va navro’zoylarni taklif qilamiz ,marhamat. Bahoroy Navro’zoy 2 boshlovchi. Hozir bolalarimiz Bahoroy va Navro’zoylarga bog’ishlangan she’rlarni o’qib eshittiradi. 1-bola Otabek Amonov ning “ Bahor” she’ri. Yana ko’klam , yana navbahor, Yo’limizga soldi poyondoz. Fasl keldi,ajib, betakror, Do’stlar, ko’klam tarovati soz. Yuz ko’rsatdi gul,lol, chechak, Yashillandi dala , bog’ rog’lar. Bahor- guyo go’zal kelinchak, Yosharadi zalvorli tog’lar Quyosh sochar hovuch - hovuch nur, Bahra olar olam taftidan. Ona zamin to’yinib, shukr, Suv ichadi ko’kning kaftidan. Chorvadorlar cho’lga otlanar, Dalasida ter to’kar dehqon. Tashrifidan olam shodlanar, Bugun ko’klam yurtimga mehmon. Aslo qonmas tashna yuragim, Ko’klam qancha hushnud etmasin. Mening bu kun bitta tilagim: Bahor hech ham yurtdan ketmasin. 2-bola. Navro’z she’ri Navro’z keldi xush keldi, Zavqimizga esh keldi. Borliq to’ldi iforga, Osmon to’la qush keldi. Chug’ur – chug’ur navolar, Biram mayin havolar. Onam kaftin eslatar Silab o’tgan sabolar. Ko’k chehrasi ochildi, Mehr nuri sochildi. Bog’ –bo’stonlar yashnadi, Gul poyondoz tashladi. Gulday uchar kapalak Qizlar sochi jamalak. Qiqir -qiqir kuladi Doshqozonda sumalak. 3-bola. Navro’z she’ri Navro’z keldi xush keldi, Dala to’la ish keldi. Dehqon bobo qalbiga G’ayrat keldi , jo’sh keldi. Jilg’a chopar chuldirab, Bulut goho guldirab, Yomg’ir qo’yar shovullab, Lola chiuqar lovullab. Qirda yonar lolalar, Qirga chopar bolalar. Sho’x yillarga soch chayib Birga chopar bolalar. Qanot yozgan bulutday Kengaygan qir – dalalar. Ertaklarda topilmas Bu ajoyib pallalar! 1.boshlovchi Endi navbat raqsga. Zuloyho Boyxonovaning Hay -hay qo’shig’i raqsida Xamdamova Maftuna , Berdiyarova Aziza 2.boshlovchi. Biz bahorda chiqamiz Dalalarga , bog’larga. Gullolalar ochilgan Ko’m ko’k maysazorlarda. Endi navbat gullarni madh etuvchu she’rlarga .Marhamat endi davraga bolalarni taklif qilamiz . 4-bola . Gulzor she’ri Hovlimda gulzorim bor , Unda turfa gul bisyor. Turli gullar ochilgan , Ulardan bo’y sochilgan Gullarga suv qo’yaman , Parvarishlab suyaman. Uzmasin deb o’zgalar, Har dam qarab qo’yaman. Hech qo’ymaymanso’lishga, Tashnalikdan o’lishga. Shu boisdan men har kun, Mehrim beraman butun. 5-bolaQirda she’ri Qirlar bag’ri qanday soz-a ? Qir havosi sof va toza . Gul lolalar alvon alvon, Shodliklarim dunyo jahon. Bolak. Binafsha Binafshaxon binafsha, Kulishlaring chiroyli, Bog’imizda ochilib turishlaring chiroyli. BolaNomoshomgul Nomoshomda hovlimizda kulib chiqqan qo’yoshim, G’ubor ingan nigohni tilib chiqqan qo’yoshim, Quvonch bo’lib poyinga to’kiladi bardoshim, Nomoshomgul nomingdan aylanayin jon gulib, Yonmoq sening navbating , yongin endi, yon gulim. Oyning nurlari singay gulgun yonoqlaringda, Yulduz shulasi ko’ygay, gulim dudoqlaringda, Qay oshiq armoni bor tungi so’roqlaringda, Nomoshomgul nomingdan aylanayin jon gulib, Yonmoq sening navbating , yongin endi, yon gulim. Gulzor aro kapalak quvonchlarga qoqilgay, Barglaringa cho’k tushib yaratganga topingay, Yo’qotganim shodligim kulguchingdan topilgay, Nomoshomgul nomingdan aylanayin jon gulib, Yonmoq sening navbating , yongin endi, yon gulim. BolaRayhon hidi Kel,kokiling bir siylayin, Toyib –to’yib so’ng hidlayin. Bo’ylaringdan aylanayin , Maftun etgan bo’y sen edi. Rayhonim-ey, rayhon hidi. Momolarku qo’ldan qo’ymas, Bobolar ham so’yib to’ymas, Qizlar zulfi bo’yningdamas , Sehrlangan bir sirmidi. Rayhonim-ey, rayhon hidi Erkalasa yellar bir bor, Nafasingdan yonar gulzor, Farang atrin rashki bisyor , Seni to’yib ko’yarmidi Rayhonim-ey, rayhon hidi. Umir o’tar o’tar davron Yashar ekan yaxshi- yomon, Yurak yig’lar gohi yig’laydi qon , Turlanganlar meni edi. Rayhonim-ey, rayhon hidi BolaLola terdik. Bepayon qir , yam yashil adir. Tutib olgan loladan chodir. To’planishib dala qir oshib, Lola terdik, quvonib shoshib. 1.boshlovchi Qaysi gulni gullar malikasi deyishadi. Siz bilasizmi Faina ? 2 boshlovchi. Yoq bilmas ekanman. 1 . boshlovchi. Bilmasangiz quloq tuting ! Xalqimiz ,atirgulni gullar malikasi deyishadi. Atirgul juda go’zal, xushbo’y , erta bahordan kech kuzgacha ochilib kishining dilini ravshan qiladi. 2 . boshlovchi Hozir navbat gullar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga . Bola Kaktus Tabiatda kaktuslarning 3000 dan ortiq turlari mavjud. Bu o’simliklar quruq iqlimni yoqtirishadi va uzoq vaqt namlikni o’zida saqlay oladi. Ba’zi kaktuslar 500 yil umr ko’radi. Tabiatda bir sm dan katta bo’lmagan mitti va 25 metrgacha bo’lgan bahaybat kaktuslar uchraydi. Kaktuslar turli- tuman bo’ladi, ba’zilari tipratikan yoki jayrani eslatsa, boshqalari qovoqqa, uchunchilari daraxtga yoki butalarga o’xshaydi. Bola Nilufar gul Nilufar gul dunyodagi eng chiroyli o’simliklardan biri, Avstraliya, Janubi sharqiy va Janubiy Osiyoda va kaspiy dengizi qirg’oqlarida uchratish mumkin.Bu gullarga nazar soli b yursangiz bargalr paydo bo’lgandan so’ng ko’p vaqt o’tmay qattiq yashil g’uncha qad ko’taradi, bir ikki kundan keyin oppoq gulni ko’rasiz . Nilufarning guli asta –sekin ochiladi. Nilufar guli ayni bir soatda ochilib bir soatda yopiladi. Bola Nepentus Nepentus o’simligi o’zining ovlash moslamalari bilan maqtansa arziydi. Barglari o’ziga xos qopqoqli ko’zachalar paydo qiladi. Koza ichida hashoratlar tanasini erituvchi modda mavjud . Kozachaning yuqori chekkasida bezcha bo’lib , undan mazzali va xo’shbo’y nektar ajralib chiqadi. Bu xushbo’y hidga kelgan hashorat ko’zacha chetiga qo’nadi, yuzadagi mum qatlamiga sirpanib qopqonga tushadi. Bola Quyosh guli Juda ko’p mamlakatlarda bu gulning nomi quyosh bilan bog’liq. Chunki u quyoshga juda o’xshab ketadi. Kungaboqarning vatani shimoliy Amerikadir. Bizda asosan mazali yog’ olinuvchi bir yillik kungaboqar ekiladi. Ammo ayrim dala yoki tomorqalarda uning tug’ishgan akasi- ildizmevali kungaboqarni yoki topinamburni uchratish mumkin. Uni yer noki deb ham nomlashadi. Bola. Nargiz Nargizning yoqimli hidi va nafis , nozik gullari uni barchaning sevimli gfuliga aylantirgan. U bahorning chinakam ramzi hisoblanadi. Nargis juda qadimgi manzarali o’simlikdir. Uni eramizdan oldin ham bog’larda o’stirishgan.O’simlik o’z nomini afsonaviy hurliqo o’smir yigit Narsiss sharafiga olgan. 1.boshlovchi Navbat qo’shiqqa Ona qo’llari Mamirova Mohidavron , Norqulova Shaxnoza 2.boshlovchi. Dalalarda ochildi Gunafshalar lolalar. Bizga uchib kelishdi Mayna bulbul savalar Endi navbat gullarni madh etuvchu she’rlarga Bola Gullar Hamma joyda gullar bor, Xatto cho’lda kaktus bor. Hovlimizda atirgul, Xonamizda alloy bor. Bola Boychechak Bahor uchun oy chechak , Qo’shiq ulab, qo’shiqqa . Kiramiz har eshikka, Yetkazib bu xabarni, Ulashamiz bahorni. BolaChittigul. Chittigul-e chittigul, Etagingga gul bosay. Hay-yu , chittigul Hay-yu chitigul Aravada un keldi, Childirmada gul keldi. Gul yaxshi-yu gul yaxshi, Gulning popugi yaxshi Hay –yu chittigul. Bola. Boychechak Boychechagim boylandi, Qozon tola ayrondi. Ayroningdan bermasang, Qozonlaring vayrondur. Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak. 5.Bola . Moychechak Bahordan berding darak, Oson bo’lmadi kutmak, Senga talpinar yurak , Sevgan gulim moychechak. Seni ko’rdim bog’larda Baxmal adir tog’larda. Yam yashil o’tloqlarda Sevgan gulim moychechak . 6.Bola . Gullarim Gullarim chaman -chaman, Men gullarni sevaman. Parvarishlab, suv qo’yib, Go’zal gulzor qilaman. 1 . boshlovchi Endi navbat raqsga 2.boshlovchi. O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan yuksak o’simliklarning 4000 dan ortiq turi o’sadi . bu o’simliklardan 1028 ta avlod va 145 ta oilaga mansub o’simliklar uchraydi 1 . boshlovchi Hozir bolalarimizdan O’zbekistonda uchraydigan o’simliklar haqida eshitamiz . Marhamat Bola. Shubhali Lola Bu gulning bo’yi 10 -25 sm keladigan ko’p yillik, piyozli o’tsimon o’somlik Piyozi cho’ziq tuxumsimon, qobig’I, ya’ni po’stiqora yoki to’q jigarrang. Gullari yakka sariq tashqi tomondan binafsha rangli yo’llari o’tgan. May iyun oylarida gullab iyul – avgust oylarida urug’laydi.Chotqol tizmasida , Angren daryosi havzasida uchraydi. O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Bola Chimyon lolasi Bo’yi 15-40 sm keladigan ko’p yillik piyozli o’simlik.Barglari ketma ket joylashgan. Gullari yakka qizil, asosi sariq . Aprel - may oylarida gullab, iyun – iyul oylarida urug’laydi. Urug’idan ko’payadi. Toshkent viloyatining chotqol , katta chimyon tizmalarida uchraydi. O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Bola . Olg’i. Boyi 30-60 smkeladigan erta gullaydigan nihoyatda ajoyib ko’p yillik o’simlik. Gullari qo’ng’iroqsimon osilib turgan ko’kimtir, qizg’ish va qo’ng’ir tusli bo’ladi. Mart aprel oylarida gullab, may - iyun oylarida urug’laydi. Toshkent , Samarqand va Farg’ona viloyatlarida uchraydi.Piyozlarin tarkibida ko’p miqdorda kraxmal bo’ladi, zaharli , xalq tabobatida ishlatiladi. Bol. Cho’chqaquloq. Juda ham chiroyli, unchalik bo’ydor bo’lmaydigan , ammo poyasi baquvvat , bo’yi 15-30 sm keladigan ko’p yillik o’simlik . Gullari yirik, sharsimon. Rangi binafsha rang .Aprel – may oylarida gullab,may- iyunda urug’laydi. Gerbiy tiyanshan va pomir Oloy tog’larining qo’yi qismida uchray o’pka kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yana bit bola . Boychechak. Piyozchlari mayday, erta gullaydigan o’simlik. Shigilsimon yoki soyabonsimon ko’rinishdagi to’pgulga yig’ilgan gullari mayday, oqish, ko’pincha sariq bo’ladi. Urug’lari dumaloq yoki yapaloq. Bu gul tog’ etaklaridan to yuqori mintaqagacha bo’lgan yerlarda uchraydi. 2-boshlvchi.Hozir navbat qo’shiqqa 1. boshlovchi. Bolalarimiz tomonidan tayyorlangan ko’rinishni e’tiboringizga havola etamiz. 2 boshlovchi. Bolalarimiz tomonidan tayyorlangan ko’rgazmalarimizni tomosha qilishga taklif qilamiz . Tarbiyachi . Ochilur gullar suluv , ko’rkam bo’lib, Sayri gulzor aylangiz xurram bo’lib. Yayratib dillarni ham hushbo’ylari, Tovlanar ishq dardiga malham bo’lib Bevafolar bilmagay gul qadrini, Berma uni har kimga Hotam bo’lib. Sovg’a etsang, ko’rinur ul dasta gul Yor ko’ziga nurli bir olam bo’lib. Orifo, gulshan aro tuzsam navo, Kuylagay bulbullari hamdam bo’lib. Ochilur gullar suluv , ko’rkam bo’lib, Sayri gulzor aylangiz xurram bo’lib. Har doim gullardek gulgun ochilib yuraylik . Hayotimiz gullar iforidek shirin bo’lsin . Shu bilan bugungi bayram dasturimiz o’z nihoyasiga etdi . Etiborlaringiz uchun rahmat. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling