Buyrak og’rig’i — sabablari, tashxislash, davolash choralari, xalqona vositalar
Buyrak og’rig’i — ushbu a’zoning kasalliklarida eng ko’p uchraydigan alomatlardan biri. Og’riqni davolash taktikasi ko’p jihatdan kasallik belgilari va turiga bog’liq sanaladi.
Reja:
Xususiyatlari
Sabablari va alomatlari
Homiladorlikda buyrak og’rishi
Buyrak og’riganda nima qilish kerak
Davolash
Xalqona vositalar
Xususiyatlari
Muayyan belgilarga ko’ra og’riq boshqa a’zolarda emas, aynan buyraklarda yuzaga kelganini aniqlash mumkin. Ularga:
Buyrak yallig’lanishida bemorlar bel va uning yuqori qismida noqulaylik his qilishadi. Ushbu alomatga tez-tez peshob chiqarish hamrohlik qiladi. Yana bir xususiyat — peshob chiqarish yengillik keltirmaydi va achishish bilan birga kechadi. Ushbu alomatlardan tashqari, bemorlarda isitma kuzatiladi;
Buyrak-tosh kasalligida peshob chiqarish jarayoni o’tkir chidab bo’lmas og’riqlarga olib kelishi mumkin;
Ertalab buyrak sohasida noqulaylik paydo bo’lsa, bu buyraklar yallig’langanligidan dalolat berishi mumkin. Patologik jarayon sababchilaridan biri sovqotish sanaladi;
Chap yoki o’ng tomonda joylashgan buyrak sanchig’i, ba’zi bir manipulyatsiyalardan so’ng yanada kuchliroq namoyon bo’ladi. Ushbu belgi Pasternatskiy alomati deb ataladi, bunda shifokor og’riq sohasiga biroz urib ko’radi;
Ham o’ng, ham chap tomonda seziladigan og’riqlar buyrak tushishida paydo bo’ladi;
Erkaklarda og’ir jismoniy mashqlar yoki og’irliklarni ko’tarishda a’zo sohasida og’riqning kuchayishi a’zo patologiyasiga ishora qiladi;
Sovuqdan keyin buyraklarda kuchli og’riq yuzaga kelishi ulardagi patologik jarayon rivojlanishini ko’rsatadi, bu past harorat ta’sirida faqat yomonlashadi;
Buyraklar sohasidagi teri o’zining tabiiy pushtiroq rangini yo’qotib, keskin kulrang tus olishi jiddiy signal sanaladi. Bunday o’zgarishlar shifokor bilan maslahatlashish va buyrak kasalligi bor-yo’qligini tekshiruvdan o’tkazish uchun arzirli sabab hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |