Og’riqni keltirib chiqaradigan har bir buyrak kasalligi individual terapiya turini talab qiladi:
Buyrak-tosh kasalligi keltirib chiqargan og’riqlarni davolashda og’riqni kamaytiradigan va infektsiyani zararsizlantiradigan dorilarni qabul qilish talab etiladi. Minerallashgan cho’kmalarni eritib yuboradigan vositalar ham bemorning holatini yengillashtirishi mumkin;
Glomerulonefritda kuzatiladigan o’tkir og’riqlarni bartaraf etish ucun yallig’lanishga qarshi dorilar (Prednisolon, Voltaren), antibiotiklar (eritromitsin), gipotonik vositalarni (Reserpine, Diazoksid) qabul qilish tayinlanadi.
Shishlar kuzatilganda «Furosemid» ichish tavsiya etiladi. Parhez — og’riqlarni davolashda dori vositalarini qabul qilish kabi muhim ahamiyatga ega. Noxush alomatlarni kamaytirish uchun bemor parhezda quyidagi qoidalarga amal qilishi joiz:
Oqsil va tuz iste’mol qilishni minimallashtirish;
Tuzlangan, submahsulotlar, dudlangan mahsulotlarni rad etish;
Shokolad, pishloq, qo’ziqorinlardan saqlanish;
Ratsionga ko’katlar, sabzavotli sho’rvalar kiritish.
Xalqona vositalar
O’simlik preparatlaridan tayyorlanadigan damlama va tindirmalardar infektsiyaga qarshi, peshob haydovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Kalendula, boychechak, kashnich urug’lari, dala qirqbo’g’imi asosida tayyorlangan to’plam bemorga buyrakdagi tortuvchi va o’tkir og’riqlardan xalos bo’lishga, organizmni toksinlardan tozalashga imkon beradi;
Brusnika, rezavorlar va qirqbo’g’im nafaqat toshlarni «maydalaydi», balki buyraklar faoliyatini ham tiklaydi;
Buyraklar sohasidagi kichik sanchiqlarni bartaraf etish uchun ortosifon, tolokyanka va brusnika o’tlaridan foydalanish mumkin.
Xalqona vositalar buyrak kasalliklarini davolay olmaydi, har qanday holatda an’anaviy tibbiyot ko’rsatmalariga rioya qilish va mustaqil davolanishdan saqlanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |