Buyrak va siydik pufagi


-rasm. Tovuq buyragi bo’lakchasining


Download 1.43 Mb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1563093
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BUYRAK VA SIYDIK PUFAGI

210-rasm. Tovuq buyragi bo’lakchasining
tuzilish sxemasi:
1-kapsula; 2-po’stloq qism bo’lakchasi; 3-bo’lakcha ichi venasi; 4-siydik yig’uvchi naycha; 5-mag’iz qism naychalari; 6-mag’iz qism sirtmog’i; 7-siydik yo’lining ikkilamchi tarmoqlari; siydik yo’lining birlamchi tarmog’i; 9-siydik yo’li.
Urg`ochi hayvonlarning siydik chiqarish kanali (urethra feminina). Erkak hayvonlarning siydik chiqarish kanali erkaklik jinsiy a`zosi bilan birga o`rganiladi. Urg`ochi hayvonlarning bu kanali qin dahliziga ochiladigan qisqa nay bo`lib, shilliq pardasi ko`p qatlamli yassi epiteliy bilan qop-langan. Shilliq pardaning xususiy qavati venalar to`riga boy biriktiruvchi yumshoq to`qima. Muskul parda silliq miotsitlarning alohida-alohida yotuvchi bog`-lamchalaridan iborat bo`lib, ichki, uzunasiga joylashgan va tashqi sirkulyar qavatlarga ega. Tashqi parda biriktiruvchi tolador to`qima, ko`ndalang-targ`il muskul tolalariga ham ega bo`lib, siydik pufagining tashqi sfinkterini hosil qiladi.
Siydik chiqarish yo`llari nerv elementlariga boy bo`lib nerv chigallari va gangliylarga ega. Polivalent (siydik pufagida) sezuvchi, harakatlantiruvchi terminallar, siydik pufagining tashqi pardasida plastinkali tanachalar (Fater-Pacheni tanachalari) uchraydi.
Qushlarning buyragi (210-rasm) har biri po`stloq va mag`iz qismlariga ega bo`lgan uch bo`lakdan iborat. Po`stloq va mag`iz qismlar o`z navbatida bo`lakchalarga bo`linadi. Mag`iz qismning bir bo`lakchasiga odatda po`stloq qismning bir necha bo`lakchasi to`g`ri keladi. Har bir bo`lakchaning markazida bo`lakcha ichi arteriyasi va venasi joylashadi.
Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling