Buyruq №2022 yil “ ” Toshkent shahar
Download 113.75 Kb.
|
Mikrobiologiya va Biotexnoligiya 3 kurs bo\'yicha amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- B U Y R U Q № _______ 2022 yil “____”_____________ Toshkent shahar Talabalarning malakaviy
- Ishchi guruh zimmasiga
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Talabalarning malakaviy amaliyoti xususida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 04 oktabrdagi 892-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Malaka talablarida belgilangan vazifalarni shuningdek, talabalarning malakaviy amaliyotlarini sifatli hamda mazmunli o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida BUYURAMAN 1. Biologiya fakulteti “5140100-Biologiya (turlari bo‘yicha)”, “5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” yo‘nalishlari 3 - kurs talabalari 1 - ilovaga muvofiq o‘quv rejaga ko‘ra 2021 yil 27 iyundan 16 iyulga qadar O’zRFA tarmoq ilmiy tekshirish institutlari va tegishli hamkor tashkilotlarda malakaviy amaliyotga yuborilsin va ishchi guruh tarkibi 2 - ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ishchi guruh zimmasiga: - talabalarning malakaviy amaliyotlari boshlangunga qadar amaliyot bilan bog‘liq barcha hujjatlarni rasmiylashtirish; - amaliyot davrida talabalarning texnika xavfsizligi va karantin qoidalariga rioya qilishlarini tashkil qilish va ta'minlash; - talabalarni amaliyot dasturi, kalendar rejasi bilan ta'minlash; - talabalarning amaliyotga muntazam qatnashishlarini nazorat qilish; - doimiy yashash hududlarida tashkil etiladigan malakaviy amaliyot davrida talabalarning amaliyot o‘tash holati va yuzaga kelayotgan savollarini muntazam muhokama qilib borish; - amaliyotga qatnashmagan va amaliyot hisobotlarini belgilangan vaqtda topshirmagan talabalarga talabalar safidan chetlashtirilishi haqida ogohlantirish berish; - amaliyot natijalari bo‘yicha fakultet Kengashida hisobot berish vazifalari yuklatilsin. 3. Talabalarning amaliyotlari natijalari bo‘yicha hisobotlar 2021 yil 18-20 iyulda qabul qilinsin. 4. Malaka amaliyoti yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan yoki uzrli sabablarsiz amaliyotga qatnashmagan talaba akademik qarzdor sifatida kursdan qoldirilsin. 5. Amaliyotlarni sifatli o‘tkazilishiga fakultet dekani va tegishli kafedra mudirlari (PhD Qo’ziyev Sh.N., dots.v.b.Ruzibaev X.S., dots. Kaxorov B.A., dots. Boboyev S. G‘., dots. Normurodova Q.T., prof. Raximov M.Sh., dots. Matkarimova A.A., prof. Jabbarov Z.A.) ma'sul etib tayinlansin. 6. Mazkur buyruq ijrosi ustidan nazorat O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Toshmatov zimmasiga yuklatilsin. Download 113.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling