Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining 2001 – yil 14- sentyabrdagi 22 – son “Uy-joy nizolari bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori


Download 1.05 Mb.
bet82/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

171. O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining 2001 – yil 14- sentyabrdagi 22 – son “Uy-joy nizolari bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi fuqarolar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini aniq chegaralab berdi.
Mazkur kodeks normalarini sud amaliyotida tatbiq qilish, uy-joylarga bog‘liq nizolarni to‘g‘ri va adolatli hal etish hamda kelib chiqayotgan muammo va chigalliklarni bartaraf etish maqsadida tushuntirishlar berish zaruriyati paydo bo‘lganligini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Uy-joy qonunchiligi normalariga rioya qilish fuqarolar, shuningdek, uy-joy fondini hisobga olish, saqlash, foydalanish va ta’mirlashni ta’minlash vakolati yuklatilgan davlat organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning uy-joyga bo‘lgan huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun sudlar bunday toifadagi ishlarni hal etishda mas’uliyatni yanada oshirishlari, nizolarning qonuniy ko‘rilishini to‘liq ta’minlashlari lozim.
2. Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha da’vo arizalari qabul qilish masalasini hal etishda, avvalo mazkur da’vo talabining sudga taalluqliligi hamda da’vo vakolatli shaxs tomonidan qo‘zg‘atilganligini tekshirishlari lozim. Xususan, sudlar quyidagi uy-joy nizolarini hal etish vakolatiga ega:
— xususiy va davlat uy-joy fondlariga qarashli turar-joylarni ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchilar, ularning oila a’zolari o‘rtasidagi uy-joy munosabatlari bo‘yicha vujudga kelgan nizolar;
— uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi bilan fuqarolar o‘rtasidagi uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar;
— davlat uy-joy fondining turar-joyiga berilgan hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar;
— ijara shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi nizolar;
— Uy-joy kodeksining 71—74, 79, 85-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq nizolar;
— fuqarolik huquq majburiyatlari asosida vujudga keladigan uy-joy bilan bog‘liq nizolar;
— yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan vujudga keladigan nizolar.


172. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 – yil 21 – oktabrdagi “ Sud huquq tizimini yanada isloh qilish , fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi Farmoning mazmun va mohiyati.
Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida:
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin.
Davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish;
faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo‘llash;
faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish;
xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash;
yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar va amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnika vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligining sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi taklifi ma’qullansin.



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling