Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Prokurorning fuqarolik protssesida ishtirok etish asoslari


Download 1.05 Mb.
bet85/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

178. Prokurorning fuqarolik protssesida ishtirok etish asoslari.
Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralaridan keyin nizoning mohiyati bo‘yicha o‘z fikrini bayon etadi, bundan prokurorning boshqa shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida bergan arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.

179. Prokurorning fuqarolik protssesida vazifalari nimalardan iborat?
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda ko‘rib chiqadi.
Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek o‘n yoshga to‘lgan bolaning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni sudning yopiq majlisida ko‘rib chiqadi.
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi yoki fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida ko‘riladi. Sud fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi ishni albatta mazkur fuqaroning, prokuror hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida ko‘radi. Agar fuqaro sud majlisiga kelmasa, ushbu Kodeks 186-moddasining qoidalari qo‘llanadi.
Sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida ko‘rib chiqadi. Ishi ko‘rib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sog‘lig‘i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling