Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Sud xabarnomalari va chaqiruv qog`ozlari


Download 1.05 Mb.
bet115/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

246. Sud xabarnomalari va chaqiruv qog`ozlari.
156-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruv qog‘ozlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va guvohlar sud chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Sudya chaqiruv qog‘ozi bilan bir vaqtda javobgarga da’vo arizasining (arizaning) ko‘chirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuboradi.
Agar javobgarning yozma tushuntirishi sudga kelib tushgan bo‘lsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qog‘ozi yuborayotganda ushbu tushuntirish xatining ko‘chirma nusxasini jo‘natadi.
Sud xabarnomalari va chaqiruv qog‘ozlari ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.

247. Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlaeida davlat boji miqdorini aniqlash
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizadan qonunchilikda da’vo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.
Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘langan davlat boji to‘lanishi lozim bo‘lgan bojga qo‘shib hisoblanadi.

248. Sud xarajatlari tushunchasi va turlari.
Sud xarajatlari deganda, fuqarolik ishini ko‘rish va hal qilish bilan bogMiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan qonunda nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi. Sud xarajatlarining joriy etilishi bir qator maqsadlarni ko'zda tutadi. Davlat boji natijasida olinadigan mablag‘lar unchalik ahamiyat kasb etmasa-da, biroq, sud faoliyatini davom ettirish jarayonidagi xarajatlami qoplashga qaratiladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling