Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Sud tomonidan masalalarni yakka tartibda va hay`atda hal etish tartibi


Download 1.05 Mb.
bet114/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

243. Sud tomonidan masalalarni yakka tartibda va hay`atda hal etish tartibi.
17-modda. Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi
Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. Sudya ishni yakka tartibda ko‘rayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi..
Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
Ishni apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish besh nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi.

244. Sud topshiriqlari deganda nimani tushunasiz?
103-modda. Sud topshiriqlari
Ishni ko‘rayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda to‘plash zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi.
Sud topshirig‘i ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda ko‘rib chiqilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi lozim bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yo‘llangan bo‘lsa, o‘sha sud uchun majburiy bo‘lib, o‘n besh kunlik muddat ichida bajarilishi kerak.
Sud topshirig‘i axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

245. Sud topshiriqlarini bajarish tartibi.
104-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
Sud topshirig‘ini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga ko‘ra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud topshirig‘i tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik ma’lumotlar to‘planishi mumkin.
Bayonnomalar va sud topshirig‘ini bajarishda to‘plangan materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi.
Agar sud topshirig‘ini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud ko‘rsatuvlar beradi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling