230. Sud jarimalarini solish va ularni undirish tartibini tushuntiring.
146-modda. Sud jarimalarini solish tartibi
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi.
Sud jarimasini solish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi.
Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.
147-modda. Sud jarimasini undirish
Sud jarimalari davlat daromadiga undiriladi.
Mansabdor shaxslarga sud tomonidan solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablag‘laridan undiriladi.
231. Sud majlisi va uning qismlari.
Sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran 1 oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak.
Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan 1 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
Sud tashabbusiga ko‘ra yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
232. Fuqarolik ishlari sudlarida davlat bojini undirishning o`ziga xos xususiyatlari
130-modda. Da’voning bahosini belgilash tartibi
Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo‘lsa, da’voning bahosini sudya belgilaydi.
Da’vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo‘lsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chog‘ida sud belgilagan da’vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to‘lanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.
233. Sud majlisi zalidagi tartib nima va uni buzish qanday oqibatlarga olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |