Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Sud buyrug`ining mazmunini yoriting


Download 1.05 Mb.
bet106/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

219. Sud buyrug`ining mazmunini yoriting.
170-modda. Sud buyrug‘iga oid umumiy qoidalar
Sud buyrug‘i nizosiz talablar bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazmasdan berilgan sud hujjatidir.
Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim.

220. Sud chaqiruv qog`ozining mazmuni.  
Sud chaqiruv qog‘ozining mazmuni
Sudga chaqirish to‘g‘risidagi sud chaqiruv qog‘ozida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) sudning nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili;
2) kelish joyi va vaqti;
3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi;
4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish bo‘yicha o‘zlari ega bo‘lgan hamma dalillarni taqdim etish to‘g‘risidagi taklif;
6) chaqiriluvchi yo‘qligi sababli chaqiruv qog‘ozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat bo‘lishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi;
7) sudga kelmaganlikning ushbu Kodeksning 220221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlari.
Sudga chaqirish to‘g‘risida elektron hujjat tarzida yuborilayotgan sud chaqiruv qog‘ozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab o‘tilgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.

221. Fuqarolik ishlarining sudga ta`luqliligi
26-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;
2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o‘tilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar;
3) ushbu Kodeksning 18-bobida ko‘rsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar;
4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar;
6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar.
Sudlarga qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlar ham taalluqlidir.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling