67. Fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar va ayrim fuqarolarning ishtirok etish shakllari.
Davlat boshqaruvi organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi yoki o‘z tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin.
68. Fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari.
53-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari
Ushbu Kodeksning 52-moddasida ko‘rsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni to‘liq yoki qisman qo‘llab-quvvatlash, ulardan voz kechish, o‘zlari arz qilgan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizadan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
69. Fuqarolik protsessida muddatlar tushunchasi va ahamiyati.
151-modda. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari
Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi.
Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim bo‘lgan voqeani ko‘rsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |