Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Download 1.05 Mb.
bet62/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

127. Ish yuritishni tugatish asoslari.
124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
1) ish sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
3) da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo‘lsa;
4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
5) hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
6) ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
7) ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa.
128. Fuqarolik prossesida da`voni ta`minlash asoslari
105-modda. Da’voni ta’minlash asoslari
Sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.
Da’voni ta’minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga ko‘ra, hakamlik sudi joylashgan erdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling