Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Ish yuritishni to`xtatib turish vaqti deganda nimani tushunasiz?


Download 1.05 Mb.
bet61/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

126. Ish yuritishni to`xtatib turish vaqti deganda nimani tushunasiz?
118-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish vaqti
Ish yuritish:
1) ushbu Kodeks 116-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 116-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — tarafning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lishi tugaguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 116-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki ma’muriy tartibda ko‘rilayotgan ish bo‘yicha qaror chiqarilguniga yoxud tergov tamom bo‘lguniga qadar;
4) ushbu Kodeks 116-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — chet davlat sudining yoki hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoxud uning ijrosini to‘xtatib turish haqidagi iltimosnoma chet davlatning vakolatli organi tomonidan hal qilinguniga qadar;
41) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda;
5) ushbu Kodeks 117-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishincha tarafning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib bo‘lguniga qadar;
6) ushbu Kodeks 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga to‘sqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar;
7) ushbu Kodeks 117-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — javobgarni qidirish tugallanguniga qadar;
8) ushbu Kodeks 117-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf qaytguniga qadar;
9) ushbu Kodeks 117-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar;
10) ushbu Kodeks 117-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud topshirig‘ini ijro etish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar to‘xtatib turiladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling