142. Ishni ko`rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo`l qo`yilmasligi.
20-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida, yoxud kassatsiya instansiyasi sudida mazkur Kodeksning 4193-moddasiga muvofiq takroran ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
143. Ishni ko`rishga bog`liq bo`lgan chiqimlar.
132-modda. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar;
2) joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari;
4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar;
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar.
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |