Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Mustasno, imperative va alternative taaluqliligi


Download 1.05 Mb.
bet77/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

163. Mustasno, imperative va alternative taaluqliligi.
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida taalluqlilik quyidagi turlarga ajratilishi bayon etiladi:
• mustasno;
alternativ;
• shartnomaviy;
• shartli (imperativ) taalluqlilik
Mustasno taalluqliiik. Fuqarolik, oila, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan aksariyat nizoli ishlar bevosita sudlarga taalluqli bo‘lib, boshqa organlar tomonidan mazmunan ko'rilishi mumkin emas. Taalluqlilikning bunday turi mustasno taalluqlilik deb nomlanadi. Mustasno taalluqlilikka muvofiq, nizoli ishni sudda ko‘rib hal qilish uchun sudga qadar u yoki bu organlarda mazkur ishning ko‘rilishi talab etilmaydi. Masalan, xodimni ishga tiklash, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan er va xotinni nikohdan ajratish, turarjoyga nisbatan berilgan orderni haqiqiy emas, deb topish va shu kabi ko'plab fuqarolik ishlari mustasno taalluqlilikka misol ho‘la oladi
Alternativ taalluqlilikka ko‘ra, subyektiv huquq to ‘g‘risidagi nizo manfaatdor shaxslarning xohishiga ko‘ra sudda yoki boshqa davlat organlari yoki jamoat tashkilotlarida ko‘rilishi mumkin. Masalan, FPKning 269-moddasiga ko‘ra, fuqaro o'zining huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki bo'ysunuv tartibida yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Shu o‘rinda fuqaroning shikoyatini ma'muriy tartibda ko‘rilishi uni sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Shartnomaviy taalluqlilik altemativ taalluqlilikka o‘xshab ketadi. Bunda ham taraflar nizoni hal etish vakolatiga ega boMgan organni tanlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Faqat bu yerda nizoni qaysi organda ko'rilishini taraflar o ‘zaro kelishib belgilaydilar. Masalan, taraflar yuzaga kelgan nizoni hal qilishni hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimini tuzishlari shular jumlasidandir.
Qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ishlar dastavval sudga qadarli boshqa organlarda ko'rilganidan keyingina sudga taalluqli bo'ladi. Bunday taalluqlilik turi shartli taalluqlilik deb nomlanadi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling