156. Kelishuv bitimi va uning mazmunini yoritib bering.
Kelishuv bitimi - o‘zaro kelishishga asoslangan va nizoni hal qilish yuzasidan taraflarning yozma kelishuvi hisoblanadi.
Kelishuv bitimi da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimida majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari ko‘rsatilishi kerak.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq yoki qisman voz kechish yoxud qarzni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatilishi mumkin.
157. Kelishuv bitimini tasdiqlash to’g’risidagi masalani korib chiqish tartibi.
Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlari bekor qilinishi to‘g‘risida ajrim yoki qaror chiqariladi va ish yuritish tugatiladi.
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi instantsiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda (iqtisodiy sudlarga taalluqli masalalarda 15 kunlik muddat) belgilangan tartiblarda ko‘rib chiqiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |