44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Da’vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Javobgar da’vogarning talabini to‘liq yoki qisman tan olishga, qarshi da’vo taqdim etishga haqli.
150. Javobgarni qidirish tushunchasi.
165-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi va mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar bo‘yicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi turish joyi noma’lum bo‘lgan taqdirda, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari tomonidan javobgarni (qarzdorni) qidirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
151. Javobgarning turish joyi nomalumligi oqibatlarini tushuntiring?
Javobgarning amaldagi turish joyi noma’lum bo‘lsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qog‘ozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining turish joyi noma’lumligi sababli unga topshirishning imkoni bo‘lmaganligi haqida yozib yuborgan ma’lumot sudga kelib tushgach, sud ishni muhokama qilishga kirishadi.
152. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar to’g’risidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi .
Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi.
Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi.
Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosi, agar jinoyat ishi ko‘rilganda ushbu da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |