138. Fuqarolik prossesida da`voni ta`minlash choralari
106-modda. Da’voni ta’minlash choralari
Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablag‘larini xatlash;
2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash;
3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash;
4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni to‘xtatish;
5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan bo‘lsa va agar bunday nizolashishga qonunchilikda yo‘l qo‘yilsa, bu hujjat bo‘yicha undiruvni to‘xtatish;
6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish;
7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish.
Zarur hollarda, sud (sudya) da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘rishi mumkin.
Da’voning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yo‘li bilan ta’minlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan aliment undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining o‘limi oqibatida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi, o‘zgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar mustasno.
Da’voni ta’minlash choralari da’vogar arz qilgan talabga mutanosib bo‘lishi kerak.
Zarur hollarda, sud da’voni ta’minlash chorasining bir nechta turini qo‘llashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi da’voning bahosidan oshib ketmasligi kerak.
139. Ishni bir suddan boshqa sudga o’tkazish asoslari.
32-modda. Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish tartibi
Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati o‘tganidan keyin, shikoyat (protest) berilgan taqdirda esa shikoyatni (protestni) qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin amalga oshiriladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sud tomonidan ko‘rish uchun qabul qilinishi kerak.
Sudlovga tegishlilik yuzasidan nizolashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |