Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Download 1.05 Mb.
bet57/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

116. Hal qiluv qarorini tushuntirish.
263-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori noaniq bo‘lsa, ishni hal qilgan sud o‘z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirishga haqli.
Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin bo‘lgan muddat o‘tmagan bo‘lsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yo‘l qo‘yiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi arizani u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqadi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

117. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yo`l qo`yish huquqi.
267-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yo‘l qo‘yish huquqi
Sud quyidagi: hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin:
1) da’vogar va javobgar chiqarilgan hal qiluv qaroriga hamda uning darhol ijro etilishiga rozi bo‘lgan hollarda;
2) muallifning intellektual faoliyati natijalaridan foydalanganlik uchun unga haq undirib berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori;
3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun ko‘p zarar keltirishi mumkin bo‘lgan yoki ijro etish mumkin bo‘lmay qolgan barcha boshqa ishlar bo‘yicha.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda bayon etilgan bo‘lsa, bu arizalar ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilganida sud da’vogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosini ta’minlashni talab qilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati ichida hal qiluv qarori chiqarilganidan so‘ng hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq ushbu shaxslarning kelmaganligi darhol ijro etish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) bu ajrimning ijrosini to‘xtatmaydi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling