Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Fuqarolik sudiga murojaat qilish shakli


Download 1.05 Mb.
bet53/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

106. Fuqarolik sudiga murojaat qilish shakli.
4-modda. Sudga murojaat qilish shakli
Sudga murojaat qilish:
fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha — da’vo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
.
apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

107. Fuqarolik sud ishlarini yuritishga doir qanday O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlarini bilasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 27.12.2016-yildagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
108. Guvoh tushunchasini yoritib bering.
56-modda. Guvoh
Ishga doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas:
vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida — fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar;
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling