114. Hal qiluv qarorini qabul qilish.
249-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy, asoslantirilgan va adolatli bo‘lishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinadi.
Alohida hollarda, o‘ta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning o‘zidayoq e’lon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini e’lon qiladi. Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
115. Hal qiluv qarorini qonuniy kuchga kirishi.
264-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi.
Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni apellatsiya instansiyasi sudi ko‘rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga o‘sha asoslar bo‘yicha yangidan o‘sha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.
Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi bo‘yicha boshlangan bo‘lsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy to‘lovlarni (alimentlar, sog‘liqqa shikast yetkazilganda ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bog‘liq to‘lovlar va hokazo) undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin to‘lovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga ta’sir etuvchi holatlar jiddiy ravishda o‘zgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yo‘li bilan to‘lovlarning miqdori va muddatini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |