103. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatlarini ta`minlashga doir protsessual hujjatlar.
102dagi javob
104. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda qanday hollarda shaxs ma`muriy javobgarlikka torilishi mumkin?
150-modda. Ma’muriy javobgarlikka tortish
Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga boshqacha tarzda hurmatsizlik bildirgan shaxs sud tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Sudga hurmatsizlik guvohning, da’vogarning, javobgarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo‘yin tovlashida yoki ushbu shaxslar va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchining farmoyishiga bo‘ysunmasligida yoxud sud majlisi vaqtida tartibni buzishida namoyon bo‘ladi.
Sudga hurmatsizlik ko‘rsatilganligi fakti aniqlanganligi to‘g‘risida ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan sud majlisining o‘zida alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan sudya (sud tarkibi) tomonidan huquqbuzarga darhol e’lon qilinadi. Mazkur fakt sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. Bunda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi.
Sudga hurmatsizlik ko‘rsatilganligi fakti aniqlangan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar o‘z tushuntirishlarini berishga haqli.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qaror raislik qiluvchi tomonidan ish bo‘yicha sud majlisi tugagandan keyin alohida xonada (maslahatxonada) tuzilib, sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanadi.
Agar sudga hurmatsizlik sud majlisida ko‘rsatilgan va huquqbuzar sud majlisi zalini tark etgan bo‘lsa, sudga hurmatsizlik sud majlisidan tashqarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, shuningdek sud majlisiga kelishdan bosh tortganlik aniqlansa, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) yoki sud raisining yoxud sud majlisida raislik qiluvchining og‘zaki farmoyishiga asosan boshqa sud xodimi tomonidan tuziladi va bu haqda huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada ko‘rsatiladi.
105. Fuqarolik sud ishlarini yutishning qanday turlarini bilasiz?
Mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligi fuqarolik sud ishlarini yuritishning bir qator turlarini nazarda tutadi. Bular buyruq tartibidagi ishlar; da'vo tartibidagi ishlar; organlar va mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlar bo'yicha ishlar; alohida tartibda ko‘ri1adigan ishlardir (FPKning 2-moddasi). Mazkur sud ishlarini yuritish turiari fuqarolik ishlarining moddiy-huquqiy xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |