Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar tushunchasi


Download 1.05 Mb.
bet48/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

93. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar tushunchasi.
Fuqarolik protsessiga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi
Fuqarolik ishi bo‘yicha odi) sudlovni amalga oshirish jarayonida sud va protsess ishtirokchilari o'rtasida fuqarolik protsessual huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar yuzaga keladi va rivojlanadi.
Mazkur munosabatlar fuqarolik protsessual huquq normasi bilan tartibga solinganligi uchun ham fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar deb yuritiladi.
3.2. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asoslari
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar ma'lum asoslar va omillar mavjud bo‘lganida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar vujudga kelishining quyidagi uch sharti nazarda tutiladi:
protsessual huquq normalari;
yuridik faktlar;
• huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq layoqati.

94. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar vujudga kelish asoslari.
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asoslari
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar ma'lum asoslar va omillar mavjud bo‘lganida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar vujudga kelishining quyidagi uch sharti nazarda tutiladi:
• protsessual huquq normalari;
• yuridik faktlar;
• huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq layoqati.
Darhaqiqat, fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarni
vujudga keltiruvchi asosiy omil sifatida protsessual huquq normalari e’tirof etiladi. Fuqarolik protsessiga kirishish yoki sud tomonidan protsessga jalb etilish tartibi fuqarolik protsessual huquq normalarida nazarda tutilgan bo‘ladi.
Shu o'rinda ta’kidlash joizki, fuqarolik protsessual huquq normalari mavjud bo‘lishining o‘zi yetarli bo'lmaydi. Huquqiy nor- malar muayyan shaxslar tomonidan sodir etiladigan harakatlar natijasida amalga oshiriladi. Fuqarolik protsessi ishtirokchilarining harakatsizligi ham protsessual huquqiy oqibatni keltirib chiqaruvchi protsessual tusdagi yuridik faktlar tarkibiga kiradi. Mazkur hara- katlar (harakatsizliklar) huquqiy munosabatlarni vujudga kelti- rishi uchun albatta huquqiy tusga ega bo'lishi, ya’ni yuridik fakt mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Chunki yuridik faktlar ma'lum huquqiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Bunday huquqiy oqibatlami yuzaga keltiruvchi yuridik faktlar fuqarolik protsessul huquq normalari asosida va unda nazarda tutilgan tartib hamda shakllarda sud va protsessning boshqa ishtirok- chilari tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar natijasida vujudga keladi.
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarni vujudga keltira- digan yuridik faktlar ichida sud tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar muhim o‘rin tutadi. Masalan, fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar tizimi yuzaga kelishi uchun, awalo, sud arizani qabul qilishi va ish yuritishni qo‘zg‘atishi shart boMadi.
Shunday qilib, protsessual huquqiy munosabatlar muayyan yuridik faktlar mavjud ho‘lganida vujudga keladi.
Moddiy huquqiy munosabatlardan farqli ravishda protsessual- huquqiy munosabatlarni o'zgartirish yoki tugatishga sud va protsess ishtirokchilari o'rtasidagi shartnoma asos bo‘la olmaydi. Biroq taraflar o'rtasida yoki uchinchi shaxslar bilan o‘zaro bitimlarning tuzilishi (masalan, kelishuv bitimi) fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo'lishi mumkin (FPKning 100-moddasi).
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatning vujudga kelishidagi navbatdagi shartlardan biri mazkur munosabat subyektlarining fuqarolik protsessual huquq va muomala layoqatiga ega boMishi hisoblanadi.
Fuqarolik protsessual huquq layoqati bu — shaxslarga qonun bilan fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida protsessual huquq- larga ega bo‘lish va protsessual majburiyatlami bajarish bo‘yicha berilgan imkoniyat hisoblanadi.
Huquqiy munosabatning har bir subyektiga tegishli protsessual huquq va burchlaming mazmuni va hajmi uning fuqarolik jarayonida ishtirok etish roli va maqsadiga qarab har xil bo'ladi. Fuqarolik protsessual kodeksining 37-moddasiga ko‘ra, barcha fuqarolar va tashkilotlaming fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) tengligi e'tirof etiladi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling