Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida
Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplarining ahamiyati
Download 1.05 Mb.
|
fpk javoblari 5semestr BAWAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 86. Fuqarolik protsessual huquqi tizimi qanday qismlarga ajratiladi
85. Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplarining ahamiyati.
Muayyan huquq sohasining prinsiplari mazkur huquq sohasining mavjud boiishi va rivojlanishida eng asosiy o'rinni egallaydi. «Prinsip» so‘zi lotincha «princirium» so'zidan olingan boiib, o ‘zbek tilida «asos», «qoida», «negiz» ma’nolarini anglatadi'. Fuqaralik protsessual huquqi prinsiplari — bu qonun normalarida mustahkamlangan, protsessual institutlaming barcha tizimlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boigan, fiiqarolik ishlarining o‘z vaqtida, to‘g‘ri va tez ko‘rib chiqilishida odil sudlovni amalga oshirishni ta'minlaydigan asosiy rahbariy qoidalardir. Ularbarcha fiiqarolik protsessi institutlarini o‘z ichiga olib, qonuniy, asosli hamda adolatli hal qiluv qarori chiqarilishini va ulaming ijro etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplarini quyidagicha tasniflash mumkin: Fuqarolik protsessual huquqining tashkiliy-funksional prinsiplari: odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, sudyalami saylash va tayinlash, fixqarolik ishlarining yakka tartibda va hay'at tomonidan ko‘rilishi, sudyalaming mustaqilligi va ulaming faqat qonunga bo'ysunishi, qonun va sud oldidagi tenglik, sud ishlari yuritiladigan til, sudda ish ko'rishning oshkoraligi prinsipi. Fuqarolik protsessual huquqining fiinksional prinsiplari: ishlami amaldagi qonun hujjatlari asosida hal qilish; taraflaming tortishuvi va teng huquqliligi; sudda ishni ko'rishning bevositaligi va og‘zakiligi prinsipi. 86. Fuqarolik protsessual huquqi tizimi qanday qismlarga ajratiladi? Fuqarolik protsessual huquqining tizimi. Fuqarolik protsessual huquqining barcha qoidalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning tizimini tashkil qiladi. Ushbu tizimda umumiy, alohida va maxsus ahamiyat kasb etuvchi normalar mavjud boiib, ular birgalikda fuqarolik protsessual huquqining tizimini hosil qiladi. Fuqarolik protsessual huquqi tarkibida birinchi instansiya, apellatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritish, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish, sud qarorlarini ijro etish bosqichlarini tartibga soluvchi, umuman fuqarolik protsessining barcha bosqichlari uchun xos bolgan umumiy qoidalami ajratish mumkin. Bu esa fuqarolik protsessual huquqi tizimini quyidagi ikki qismga: Umumiyva Maxsus qismga ajratish mumkinligini ko‘rsatadi. Fuqarolik protsessual huquqining Umumiy qismida Fuqarolik protsessual kodeksining «Umumiy qoidalar» deb nomlangan birinchi boMimida mustahkamlangan quyidagi institutlar nazarda tutiladi: sudya va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqli ishlar, protsess ishtirokchilari, dalillar, sud xarajatlari, sud jarima- lari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari. Fuqarolik protsessual huquqining Maxsus qismi — protsessning turli bosqichlarini (birinchi instansiya sudida ish yuritish, sud qaror- lari ustidan shikoyat berish va ulami qayta ko‘rish, sud qarorlarining ijrosini) tartibga soluvchi, shuningdek, fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtiroki masalasini nazarda tutuvchi normalar yig‘indisidan iborat. Bosh- qacha qilib aytganda, Maxsus qismda fuqarolik ishlarining ayrim turkumlarini ko‘rish, hal qilish uchun va fuqarolik jarayonining ayrim bosqichlari uchun maxsus ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy me'yorlar bayon etiladi'. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling