Buyudjet tashkilotlarining buyudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlar va xarajatlar


Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlari sotilganida ularning rejadagi tannarxidagi summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi


Download 161 Kb.
bet6/19
Sana09.06.2023
Hajmi161 Kb.
#1472379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BUYUDJET TASHKILOTLARINING BUYUDJETDAN TASHQARI JAMG’ARMALAR DAROMADLAR VA XARAJATLAR

Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlari sotilganida ularning rejadagi tannarxidagi summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi;
Debet 281 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlarini
sotish» subschyoti; Kredit 031 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlari»
subschyoti.
Mahsulotlarning rejadagi tannarxi yil oxirida, yillik hisobot kalkulatsiyasiga asosan, haqiqiy tannarxi bilan muvofiqlashtiriladi.
Agar yil davomida olingan qishloq xo'jalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi rejadagidan yuqori bo'lsa, u holda haqiqiy tannarxi bilan rejadagi tannarxi o'rtasidagi farq summasiga:
a) mahsulotlarning sotilmagan qismiga quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:

Debet 031 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlari» sub­schyoti;
Kredit 081 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining xarajatlari» sub­schyoti;
b) mahsulotlarning sotilgan qismiga quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:

Debet 281 - «Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlarini
sotish» subschyoti; Kredit 081 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining xarajatlari»
subschyoti.
Agar yil davomida olingan qishloq xo'jalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi rejadagidan kam bo'lsa, u holda haqiqiy tannarxi bilan rejadagi tannarxi o'rtasidagi farq (tejalgan summaga) summaga:
a) mahsulotlarning sotilmagan qismiga taalluqli bo'lgan summaga
manfiy son (qizil siyoh) bilan quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:

Debet 031 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlari» subschyoti;
Kredit 081 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining xarajatlari» sub­schyoti;
b) mahsulotlarning sotilgan qismiga taalluqli bo'lgan summaga manfiy
son (qizil siyoh) bilan quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 281 -«Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlarini
sotish» subschyoti; Kredit 081 - «Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining xarajatlari» subschyoti.
Shartnomalar asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining xarajatlari hisobi

Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling