Buyuk britaniya qirolicha viktoriya davrida
Yangi mafkuraning paydo bulishi
Download 123.5 Kb.
|
BUYUK BRITANIYA QIROLICHA VIKTORIYA DAVRIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchilar harakati.
Yangi mafkuraning paydo bulishi.
Iqtisodda imperialistik belgilarning kuchayishi jamiyatning mafkurasida ham o`z aksini topdi. 60-yillarning oxiridan bir qator olimlar jamiyatning yangi iktisodiy xolatiga mos mafkuraviy tizimlarni taklif qila boshladilar. Shundaylardan biri Charl'z Dilk (1843-1911) o`zining «Yanada Buyuk Britaniya» nomli asarida ko`chkinchi inglizlardan tashkil topgan mustamlakalarda (Kanada, Avstraliya, Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika) burjuaziyaning xuquqlarini kengaytirishni, amalda ularni mustamlakalarni boshqarishga sherik qilishni taklif kildi. Dilkning fikricha bu Angliyaning dunyodagi yetakchilik rolini saqlab qolishga yordam berar ekan. Shu bilan birga Dilk «erkin savdo» urniga Angliyani va butun Britaniya imperiyasini chet davlatlar raqobatidan himoya qilishga qaratilgan «adolatli savdo»ni joriy qilish zarur deb xisoblaydi. 1883 yili Jon Silining (1834-1895) «Angliya ekspansiyasi» nomli kitobi nashr qilindi. Bu kitob mustamlakachilik g`oyalarini («Imperiya federatsiyasi» kabi) tarqatish maqsadida targ`ibot jamiyatlarining tashkil topishi uchun turtki buldi. Bu davrning ideologlari mustamlakachilik g`oyalarini «imperiyani qutqarish», «ishchilarning ijtimoiy xuquqlari» kabi shiorlar bilan qo`shib olib bordilar. XIX asr oxirida Angliya mustamlakachilik ekspansiyasining faollaridan biri Sesil Rods (1853-1902) o`z mafkurasining maqsadini ochiq bildirib: «Imperiya-qorin masalasi. Agar fuqarolar urushini xohlamasangiz, siz imperialist bulishingiz kerak», - degan edi. Ishchilar harakati. XIX asr 60-yillari oxiri 70-yillari boshidagi iqtisodiy yuksalish ishchilarga o`z ahvollarini yaxshilash uchun kurashish imkonini tug`dirdi. Kasaba uyushmalarining ish vaqtini qisqartirish va o`z faoliyatlarini legallashtirish uchun kurashi ular saflarining sezilarli kengayishiga olib keldi. O`sha davrda ishchilarning faoliyatiga katta ta'sir kursatgan ijtimoiy fikrning yo`nalishlaridan biri «fabianlik» edi. Fabianlik jamiyati 1884-yilning boshida tashkil topdi. Fabianlar inqilobiy xarakatga keskin qarshi chiqib, ko`plab ishchilarni ham bu yo`ldan qaytarishga xissa qo`shdilar. Fabianlar jamiyatining a'zolari orasida Beatrisa (1858-1943) va Sidney (1859-1947) Vebblar va taniqli yozuvchi Bernard Shou (1856-1950) kabi mashxur kishilar bor edi. Fabianlar jamiyatdagi muammolarni hal qilish yo`llarini inqilobiy xarakatdan emas, isloxotchilikdan izlash lozim, deb xisoblashardilar. 1881-yili Londonda «Demokratik federatsiya» deb nomlangan tashkilot vujudga keldi. U dastlab ziyolilarning kichik guruhi sifatida faoliyat yuritib, 1884-yildan «Sosial-demokratik federatsiya» nomini oldi. Bu tashkilot ham sotsial-demokratik g`oyalarni tinch isloxotlar yo`li bilan amalga oshirish tarafdori edi. 1893 yili Mustaqil ishchi partiya tashkil topdi. Yangi partiya tashkilotchilari uni Yevropadagi markistik pozitsiyada turgan sotsialistik partiyalar bilan adashtirmasliklari uchun partiya nomiga «sotsialistik» suzini qo`shmaslikni ma'qul ko`rdilar. Partiyaning raxbari konchi Jeyms Gardi (1856-1915) buldi. Partiyaning kuchi kasaba uyushmalari bilan aloqasi yaxshiligida edi. Ularning yirik g`alabalaridan biri tred-yunionlarning 1893-yilgi kongressi tomonidan saylovoldi kurashi uchun pul mablaglari ajratish xaqidagi qarori bo`ldi. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi inqirozlar, Kontinental Yevropa davlatlarida inqilobiy xarakatning yuksalishiga qaramasdan Angliya ishchilari o`zlarining an'anaviy tredyunionistik qarashlarini saqlab koldilar. XULOSA Britaniya imperiyasi (inglizcha: British Empire) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat[1]. XX-asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni, 41,2 mln. km² (shundan 8 mln.i aholi yashamaydigan yerlar) egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining choragiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica natijasi sababli ingliz tili transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti AQSH va Germaniyaga nisbatan pasayayotgan bo‘lsa-da, harbiy jihatdan hamon dunyoning eng qudratli davlati bo‘lib qolayotgan edi. Qudratli harbiy dengiz floti Buyuk Britaniyani dengizda tanho hukmron davlatga aylantirgan edi. Shu qudrat tufayli, Buyuk Britaniya XIX asrdan boshlab dunyoning barcha qit’alarida juda katta hududlami bosib oldi va ularni o‘z mustamlakasiga aylantirdi. XIX asr oxiriga kelganda, mustamlakalarga aylantirilgan hududlar 33 min. kv. km.ni tashkil etdi. Ularda qariyb 370 min. aholi yashardi. Mustamlakalardan keladigan daromad olinayotgan foydaning katta qismini tashkil etardi. O ‘sha davr tarixchilari Buyuk Britaniya uchun mustamlakalarning ahamiyati haqida majoziy ma’noda bunday deb yozgan edilar: „Hindiston Buyuk Britaniyani boquvchi enaga. Misr esa Britaniya imperiyasi boshiga kiydirilgan tojdir“. Mustahkamlash imperiyasining tashkil topishi Britaniyaning dengizdagi tanho hukmronligi hatto mamlakat madhiyasida ham o‘z ifodasini tqp|an edi. Buyuk Britaniyaning o‘g‘lonlari va qizlari madhiyadan o‘rin olgan „Britaniya, dengizlami boshqar, hukmronlik qil!“ degan satrlami mag‘rurlik bilan ijro etardilar. Iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng ilg‘or mamlakat sifatidagi mavqeyining pasaya borishi uni yangi-yangi mustamlakalar bosib olishni kuchaytifisnga undadi. Ayni paytda esa, avvalgi mustamlakalarda o‘z mavqeyini yanada mustahkamlashga intildi. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo davlatlarini bosib olish uchun harakat boshlagani Buyuk Britaniyani tashvishga solmay qolmadi. Nihoyat, ikki davlat manfaatlarining o‘zaro mushtarakligiga erishishdi. Ya’ni Rossiya Hindistonga xavf solish, Buyuk Britaniya esa O‘rta Osiyoni egallash niyatidan voz kechdilar. Afg‘oniston bu ikki mustamlakachi davlat manfaatlari tig‘ini qaytarib turuvchi hudud vazifasini o‘tashi lozim edi.Buyuk Britaniya va Rossiya manfaatlari to‘qnash keladigan уanabir hudud Bolqon yarimoroli, shuningdek, Qora dengizni O ‘rtayer dengizi bilan bog‘laydigan Usmonli davlatiga qarashli Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari hamda Istanbul shahri edi. XIX" asr oxirlarida Bolqon yarimoroli xalqlarining ma’lum qismi Usmonli zulmi ostida edi. Avstraliya, Janubiy Afrika Ittifoqi dominionlik huquqini olada shunday huquqni olgan edi). Buyuk Britaniya Germaniya Buyuk Britaniyaning Yevropa biian yaqinlashuv padagi birinclii davlat mavqeyiga eng ko‘p darajada xavf solayotgan davlatga aylanib borayotganligi Buyuk Britaniya hukmron doiralarini tashvishlantir- may qolmasdi. Germaniya bu davrda xalqaro siyosiy maydonda „quyoshning hamma davlatlar yelkasiga birdek nur sochishi lozimligi“ni da’vo qilayotgan ham edi. Bu ulkan uch mustamlakachi davlat — Buyuk Britaniya, Fransiya va podsho Rossiyasi mustamlakalarini qayta bo‘lishga da’vogarlik, degani edi. Bu da’vo Fransiyani ham tashvishga solib qo‘ydi. Qolaversa, Fransiya hamon 1870-1871- yillardagi Fransiya-Pmssiya urushining oqibatlarini unutgani yo‘q edi. Binobarin, Fransiya uchun shu vaqtgacha xalqaro miqyos- da asosiy raqibi bo‘lib kelgan Buyuk Britaniya bilan yaqinlashish yo‘llarini izlashdan boshqa yo‘l yo‘q edi. Ayni paytda, Buyuk Britaniya uchun ham Fransiya bilan yaqinlashish uning manfaatlariga mos kelardi. Chunki, bu davrda xalqaro maydonda Germaniya uning birinchi raqibiga aylanib qolgan edi. Nihoyat, Fransiya—Buyuk Britaniya yaqinlashuvi ro‘y berdi. Bu yaqinlashuv 1904-yilda ular o‘rtasida bitim imzolanishi bilan yakunlandi. Bu bitim ulaming mustamlakalar masalasi yuzasidan kelishuvlarini o‘zida aks ettirgan edi. Xususan, Fransiya Buyuk Britaniyaning Misrdagi harakatlariga bundan buyon to‘sqinlik qilmasligini, Misming Buyuk Britaniya ta’sir doirasida ekanligini tan oldi. 0‘z navbatida, Buyuk Britaniya Fransiyaning Marokash- dagi manfaatlarini tan oldi. Marokash sultoni o‘z vazifasini bajara olmasligi ehtimoli bor- ligi va shunday bo‘lib qolsa, Marokash hududining Gibraltar bo‘g‘oziga bevosita tutash bo‘lgan qismini Ispaniyaga berish belgilab qo‘yildi. Marokashning qolgan qismini Fransiya o‘z qo‘liga olishi ko‘zda tutildi. Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllanila boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (XII asrlar), Shimoliy Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), Portugaliya va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), Bengaliya (1757), Malta, Seylon (1814—15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika (XIX asr 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (XIX asr 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi (qarang Hamdoʻstlik) Britaniya Imperiyasi ikki yuz yildan ortiqroq vaqt davomida oʻsdi. Davlat maydoni oʻsishining eng avji deb XX-asrning boshlari tan olinadi. Oʻsha paytlarda barcha qitʼalarda yirik hududlarga egaligi uning haqiqiy buyukligini koʻrsatgan. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling