Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi


markazi va janubi-sharqi tekislik va sertepa


Download 0.78 Mb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1030625
1   2   3   4   5
Bog'liq
Salohiddin

markazi va janubi-sharqi tekislik va sertepa
pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogi egribugri,

shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga boʻlib turgan Shimoliy Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi. Grampian togʻlaridan janubida Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842 m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels yarim orolning gʻarbida Kembriy toglari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va janubiy qismlarida pasttekisliklar (Shim.Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (balandligi 200- 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va boshqalar) iborat.
B irlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Birlashgan Qirollik qirg’ogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.
Buyuk Britaniyada mo‘tadil dengiz iqlimi hukmron; u seryog‘in, o‘zgaruvchan, tez-tez shamol bo‘lib turadi. Janubi-g‘arbida yanvarning o‘rtacha temperaturasi 7°C, sharqda 3,5° C gacha. Shimoli-g‘arbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimolida iyulning o‘rtacha temperaturasi 13°C, janubi-sharqda 16,5°C. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida
0°C dan past, mamlakat sharqida baʼzan -18°C gacha tushadi.
Y og‘in yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va qishda bir oz ko‘proq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda ko‘proq yog‘adi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning tog‘li joylarida yog‘in eng ko‘p (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yog‘adi. Janubi-sharqda 600– 750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar ko‘p, qishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7-10 kun) tushadi
Daryolari ko‘p, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari - Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi; kuz va qishda to‘lib oqadi, yaxlamaydi, ko‘pchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Tog‘larida ko‘llar ko‘p. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo bo‘lgan. Eng yirik ko‘llari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess.
H ozirgi Buyuk Britaniya hududida miloddan avvalgi 1ming yillikda kelt qabilalari -brittlar yashagan. 1066 yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan so‘ng mamlakatda feodal yer egaligi paydo bo‘lib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. X-XI asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bo‘la boshladi. XII-XIII asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 yil paydo bo‘lgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo‘ldi. Angliya bilan Fransiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Yuz yillik urush (1337-1453) oqibatida soliqlarning ko‘payishi va 1348-49 yillardagi vabodan so‘ng aholi ahvolining og‘irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi.
X V asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yo‘qotildi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o‘rta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo‘ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (14851603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko‘payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xo‘jaliklari xonavayron bo‘ldi. XVI asrning 30yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo‘yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo‘lib berildi. XVI asr 2-yarmi va V-VII asr boshlarida Angliya hukumati

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling