Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi
Download 0.78 Mb.
|
Salohiddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVII-XVIII asrlarda Buyuk Britaniya Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi
- Aholisi . Aholisi (2020): 67,2
mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi,
q ullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g‘olib chiqdi. XVI asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603-25; Karl I, 1625-49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar XVII asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda g‘alaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xo‘jaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga to‘siq bo‘lib turgan g‘ovlarni yo‘qotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yo‘l ochdi. XVII asr oxirida Buyuk Britaniyada yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo bo‘ldi. XVIII asr o‘rtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga o‘tish uchun sharoit yaratildi. XVIII asrning 2-yarmida Buyuk Britaniya hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib chiqdi. XVIII asr o‘rtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi. XVII-XVIII asrlarda Buyuk Britaniya Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy A merikadagi mustaqillik uchun bo‘lgan urush (177583) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSh davlati tashkil topdi. XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya burjuaziyasi o‘z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814-15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon orollari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Buyuk Britaniyaga o‘tdi. Mustamlaka xalqlarini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg‘arilib, sanoatda to‘ntarish yasashga zamin tayyorlandi. Aholisi. Aholisi (2020): 67,2 mln B irlashgan Qirollik Yevropa mamlakatlari ichida aholisi soni bo‘yicha 3-o‘rinda turadi (2020-yil holatiga ko‘ra, 67 mln kishidan ziyod). Aholining tabiiy ko‘payishi juda past darajada bo‘lib, aholi soni asosan tashqi migratsiya hisobiga o‘smoqda. Ayniqsa, Janubiy Osiyo, Afrika, Karib dengizidagi orollardan ko‘chib kelganlar ko‘p. Buyuk Britaniyada urbanizatsiya darajasi 85% ga yaqin. Mamlakatning eng yirik shaharlari qatoriga London, Birmingem, Manchester, Liverpul, Glazgo, Edinburg kiradi. Mamlakat aholisining etnik tarkibida eng yirik millat inglizlardir. Shotlandiyaliklar, uelsliklar va irlandiyaliklar ham tub millatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan din — anglikan cherkovi (protestant xristianligining mazhabi). A holi zichligi Markaziy va Janubiy Angliya, Janubiy Uels hamda O‘rta Shotlandiya pasttekisligida yuqori darajada bo‘lsa, Shotlandiyaning shimoli-g‘arbiy tog‘li hududlarida esa bu ko‘rsatkich ancha past Birlashgan Qirollik aholisining deyarli 85% qismi Angliyada yashaydi. Shimoliy Irlandiyada esa mamlakat jami aholisining atigi 3% i istiqomat qiladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling