Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bundan besh asr oldin tillarning oʻzaro chogʻishtirma tadqiqiga asoslangan “Muhokamatu-l-lugʻatayn”


Download 151 Kb.
bet2/7
Sana26.03.2023
Hajmi151 Kb.
#1298006
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qomusiy olimlar

Tadqiqot metodi. Ishda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning va Prezident Sh.M.Mirziyoyevning nutqlari va asarlari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, o‘zbek maktablarida ona tili ta’limi Konsepsiyasi, “Ona tili” DTSi, taniqli psixolog, filolog, pedagog va metodist olimlarning ona tili ta’limining mazmunini yangilash, uni o‘qitishning samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi ilmiy-metodik asarlari metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. Ishda qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, analiz va sintez, mantiqiylik kabi metodlar asosida tahlillar olib borildi.
Ishning ilmiy yangiligi. Ushbu kurs ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  1. O`rta Osiyo olimlarning tilshunoslikka oid qarashlari haqida yangi ma’lumotlar berildi;

  2. O`rta Osiyo olimlariga oid qarashlar mufassal tadqiq qilindi;

  3. O`rta Osiyo olimlariga oid qarashlar nazariy jihatdan misollar vositasida o‘rganildi.

Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ish tuzilishi jihatdan kirish, asosiy bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, umumiy hajmi 37 betdan iborat.


Abu Nasr Farobiy va Abu Rayhon Beruniyning lingvistik qarashlari.
Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to‘la o‘zlashtirmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining «quli»ga aylanib qolmadi, balki ko‘p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o‘z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o‘zini namoyon qildi. 
Abu Nasr Forobiy «Sharq Arastusi», «Ikkinchi muallim» nomlari bilan O‘rta Osiyo madaniyatining asoschilaridan biriga aylanganligi bejiz emas edi, albatta. Forobiyning shaxsi va ijodi ko‘pgina olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etgan bo‘lib, u haqida ko‘pdan-ko‘p tortishuv va munozaralar bo‘lib turar edi. Uning so‘nmas ilmiy va madaniy merosi ta’siri ostida dunyoning juda ko‘p madaniyat vakillari, jumladan, Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, Nosir Xisrav, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Grigor Tativatsi, Ioane Petritsi, Rodjer Bekon, Sicher Brabantskiy va boshqa yuzlab fan fidoyilari shakllangan, o‘zligini anglab, mustaqil ijod yo‘lini topib olganlar, desak mubolag‘a bo‘lmas.

Abu Nasr Forobiy o‘rta asr fani va madaniyatining barcha muhim sohalarini to‘la egallagan buyuk allomadir. Uning 160 dan ortiq asar yozib qoldirganligi ma’lum. Taniqli forobiyshunos akademik M.Xayrullaev o‘zining «Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkiri» asarida Forobiy asarlari turli mamlakatlardagi mashhur shaharlar: Sankt-Peterburg, Moskva, Toshkent, Boku, Qozon, Qohira, Bayrut, Damashq, Istanbul, Berlin, London, Parij, Madrid, Nyu-York, Haydarobod, Isfaxon, Bombey, Tehron va boshqa ko‘plab shaharlarning katta kutubxonalarida, davlat va shaxsiy qo‘lyozma fondlarida saqlanib, e’zozlanib kelayotganligi haqida yozadi. Forobiyning sotsiologik, ijtimoiy-falsafiy, tabiiy-ilmiy, tarbiyaviy-tibbiy qarashlari, nazariy xulosalari keng qamrovli va rang-barang bo‘lib, mohiyat mazmuniga ko‘ra nafaqat o‘z zamonasi uchun, balki hozirgi davrda ham juda ahamiyatlidir.


Forobiy yaratgan falsafiy tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lib, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi. 
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlari o‘zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. U «Fozil shahar aholisining fikrlari» deb nomlangan asarida Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa, deb ta’riflangan g‘oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: «Har bir inson, o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug‘iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi». E’tibor bering, muhtaram o‘quvchi, bu fikrlarning zamirida falsafaning bosh muammosi bo‘lgan bahsli masala — insonning paydo bo‘lishi, shakllanishi va yetuklikka erishuvi haqida so‘z bormoqda. Eng muhimi, bu jarayonda jamoatning roli va ahamiyati to‘g‘risida aniq va lo‘nda fikr bildirilmoqda. 
Darhaqiqat, Forobiy o‘z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga astoydil intilgan buyuk shaxsdir.
Bizning ajdodlarimiz bundan bir necha ming yillar oldin yozuv madaniyatiga ega bo'lganlar. Tabarruk zamini-mizdan dunyo fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan bir qancha buyuk allomalar yetishib chiqqan. VIII-IX asrlardayoq bizning yurtimizda fanlar akademiyasi «Bay-tul-hikmat», keyinchalik 1010 yilda esa Ma'mun akademiyasi tashkil topgan. Bu akademiyalarda dunyo olimlarini lol qoldirgan buyuk kashfiyotlar qilingan, al-Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Farg'oniy, Zaynidtsin Jur-joniy, Abul Hasan Hammor, Abu Nasr Arrog', Ibn Mis-kivayniy singari yuzlab olimlar ana shu akademiyalarda faoliyat ko'rsatganlar.
Sohibqiron Amir Temur davrida fan markazi Xorazm va Buxorodan Samarqandga ko'chdi. Dunyoning zabardast olimu fozillari sohibqiron saroyiga to'plandi. Temuriyzoda Mirzo Ulug'bek rasadxonasida favqulodda buyuk kashfiyotlar qilindi. Husayn Boyqaro saroyida ham fan va madaniyat gullab-yashnadi.
Ana shunday buyuk madaniy zaminga ega bo'lgan xalq rus imperiyasi davrida o'z tarixidan, boy madaniy merosidan uzilib qoldi. Asrlar davomida foydalanib kelgan yozuvi-dan kirill alifbosiga o'tkazilishi xalqimizni ajdod-lari qoldirgan yozma yodgorliklardan foydalaniщdan be-bahra qilib qo'ydi. Natijada buyuk bobokalonlarimiz yaratgan madaniy merosdan keng oziqpanish imkoniyatidan mahrum bo'ldik. Olimlarimizga ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni ommalashtirishga, uni ro'y-rost baho-lashga yo'l qo'ymadilar. Asta-asta fan va madaniyat ruslar orqali kirib keldi madeniyatni rus berdi degan gaplarga., yogshasiga «savodsiz» xalq sovetlar daьrida savodliga aylakpi degan aqida ko'nikib qoldik.
Dunyo madaniyati va ma'naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, fan tarixida juda katta iz qoldirgan qomu-siy olimlarimizdan yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniydir. Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatini yoritishga bag'ishlangan bir qancha asarlar mavjud. Shuning uchun ham biz olimning hayotiga doyr ayrim ma'lumotlarni keltirish bilan cheklanamiz.
Abu Rayhon Beruniy, U. I. Karimovning ta'kidlashi-cha, milodiy 973 yilning 4 sentyabrida (hijriy 362 yil zulhijja oyining 2-kunida) Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyatda tavallud topdi. 1009—1017 yillarda Xorazm-shoh Abu-l-Abbos Ma'mun ibn Ma'mun saroyida xizmat qilib, katga obro'-e'tibor qozondi. 1017 yilda Mahmud G'aznaviy Xorazmni bosib olgandan so'ng Xorazmdagi bir qancha olimlar qatori Beruniy ham G'aznaga yo'l olishga majbur bo'ldi va umrining oxiriga qadar shu yerda ijod qildi.
U o'z davridagi barcha fan sohalari bo'yicha qalam teb-ratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha yetib kelgan asarlari orasida «Xronologiya», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas'ud qonuni» hamda «Sayda-na» nomi bilan mashhur bo'lgan «Kitob as-saydana fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o'rga-nildi va arab, rus, ingliz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.
Beruniy ilmiy merosining nomidan ham ko'rinib tu-ribdiki, olim tarix, riyoziyot, matematika, falsafa, han-dasa, kimyo, astronomiya, geografiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa, tilshunoslik singari o'nlab sohalar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va bu sohalar yuzasidan jaxon allomalarini hozirgacha lol qoldirib kelayotgan buyuk kashfiyotlarini yaratgan.
Beruniy ilmiy hazinaning kaliti sanaluvchi tilga va tilshunoslikka alohida e'tibor berdi. U yoshligida yunon, lotin, arab, fors, so'g'd, suryoniy tillarini chu-qur o'rgandi. Chunki jahon sivilizatsiyasining beshigi Yunoniston va Rumo o'lkalari bo'lib, antik madaniyat na-munalarining barchasi shu tillarda yozilgan edi. Arab tili Beruniy yashagan davrda diniy ta'limot tili bo'li-shi bilan birga, fan tiliga ham aylangan edi. Islom ola-mida yaratilgan barcha asarlar arab tilida yozilar edi. Bularning hammasi bo'lajak allomani yuqoridagi tillarni sinchkovlik bilan o'rganishga da'vat etdi. Beruniy o'zini xorazmiy tiliga mansub ekanligini, arab, fors tillarini esa keyin o'rganganligini ta'kidlaydi.
Sulton Mahmud G'aznaviy yurishlari davrida bir necha bor Hindistonga borishga musharraf bo'ldi. Beruniyni Hindiston o'ziga rom etdi va u yerga safar chog'ida Hindis-ton tarixi, madaniyati, urf-odati, hayvonot va nabotot olamini o'rganishga to'la bel bog'ladi. Buning uchun, avvalo, hind tili, eski hind tili bo'lgan sanskrit tilini puxta o'rgandi.
Umrining so'nggi yillarida Mahmud G'aznaviyning vorisi Ma'dud sultonligi davrida 1048 yilda dorivor o'simliklar, hayvonlar va ma'danlar tavsifiga bag'ish-langan «Saydana» asarini yozdi. Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo'lgan qarash-lari mana shu asarida yaqqol namoyon bo'ladi.
«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o'zini qurshab turgan olamni va olam uzvlari-ning turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi. Xususan, olim-ning bolaligida uning yurtiga bir yunon ko'chib keladi.
Abu Rayhon unga don, urug', meva, o'simlik va boshqa narsalar ko'tarib kelib, bular yunon tilida qanday nomlanishini so'raganligi va yunoncha nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.
«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda do-rivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Hatto bir o'simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi yoki aksincha, bir nom turli shevalarda turli o'simlik nomini bildirishi mumkin. Bu esa dorivor moddalardan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Aholiga foydalanish oson bulishi uchun modda nominingdielektal variantlarini ham kursa tadi. Bu Beruniyning narsa nomini bilish insonning ma'naviy boyligigina emas, balki katta moddiy boyligi bo'lishi mumkinligini,shuning uchun ham til o'rganishning tengsiz amaliy ahamiyati mavjudligini ta'kidlaydi.
Fikrining isboti sifatida asarning V bobida shunday rivoyat keltiradi. «Xorazm amirlaridan biri kasal bo'lib uzoq qiynaladi.Nihoyat nishopurlik bir tabib uning kasaliga nima davo bo'lishi mumkinligi haqida dorinoma (retsept) yozib yuboradi. Bu dorinomani mahalliy dori-shunoslarga ko'rsatadilar. Ular tavsiya etilgan bu dorivor o'simlikni hech anikugay olmaydilar. Shunda bir kishi ular qidirayotgan dorivor o'simlikni topib berishi mumkinligini, lekin narxi besh yuz dirxam sof kumushdan kam bo'lmasligini aytadi. Amir mulozimlari rozi bo'lishadi.
U kishi mulozimlarga o'simlik tomirini tutqazadi. Bu o'simlik tomiri o'zlari har kuni ko'rib yuradigan oddiy bir chayon o't (krapiva) tomiri edi. Mulozimlarning jahli chiqib, o'n besh dirhamga ham olmaydigan shu tomirni besh yuz dirhamga berasanmi? — deb o'shqiradilar. Shunda giyohfurush javob beradi: «Dorivor moddalar nomini bilish bebaho boylikdir. Sizlar shu o'simlikning nomini bilmaganliklaringiz tufayli kasalning qanchalar qiy-nalishiga sababchi bo'ldilaringiz, tillo bahosiga bo'lsa ham sotib olishga rozi edilaringiz».
Beruniy nomning jamiyat hayotidagi ahamiyatini e'ti-borga olib, o'zining «Saydana» asarida ma'lum dorivor moddaning bir necha tillarda qanday nomlanishini bayon qilish bilan birga, har qaysi tildagi mahalliy nomla-nishiga ham katta o'rin beradi.
Ayrim mutaassib kishilar arab yozuvini Olloh tomonidan yuborilgan, deb ilohiy tuye berayotgan bir paytda, Abu Rayhon Beruniy har qanday yozuv kabi arab yozuvi ham insoniyatning kashfiyoti ekanligini e'tirof etadi. Lekin bu yozuvda ancha noqisliklar bor ekanligi, shuning uchun ham yunon, lotin, hind tilidagi asarlarning arab tiliga qilingan tarjimalarida ayrim nomlarni to'g'ri ifodalash qiyinligi tufayli ko'p nomlarning g'aliz be-rilishini bayon etadi.
Olimning aytishicha, arab yozuvida «katta baxtsizlik» bor. Unli fonemalarning ifodalanmasligi, ko'p harflar-ning bir-biriga o'xshashligi va ularning ayrim nuqgalar orqaligina farkpanishi qator qiyinchiliklarga olib keladi. Agar nukgalar tushib qolsa, ma'noning chiqmay
qolishi, ayniqsa, Dioskorid, Galen, Pavel, Oribaziy singari yunon olimlarining familiyalarini to'liq va to'g'ri ifodalab bo'lmasligini ta'kidlaydi. Shuning uchun yunon familiyalarini originalga qiyoslagan holda transkriptsiya qiladi. Shuningdek, hind so'zlarini berishda bir qancha hind fonemalarining arab tili fonologik tizimida yo'q ekanligini, shuning uchun arab yozuvi orqali bu so'zlarni to'g'ri ifodalab bo'lmasligini aytadi. Natijada u arab yozuviga forslardan foydalangan holda ayrim qo'shimcha harflar kiritadi.
«Saydana» asarini o'kir ekanmiz, Beruniyning qan-chalar chuqur filologik bilimga ega ekanligi haqida to'liq tasavvurga ega bo'lamiz. U nazmning turli nazariy masalalariga bag'ishlab bir qator asarlar yozgan. Shu bilan birga, o'zi ham arab tilida yaxshigina she'rlar ijod etgan. O'ziga-cha bo'lgan yuzlab shoirlarning, bir qancha zamondosh sho-irlarning asarlarini yoddan bilgan va fikrini dalilla-moquchun ilmiy asarlarida bu she'rlardan namunalar kel-tirgan. «Saydana»da 65 ta shoirdan 141 ta she'riy parcha beradi.
Beruniyning qadimgi arab poeziyasiga katta e'tibor berishi tasodifiy emas. Chunki qadimdan yozuv madaniyati-ga ega bo'lmay turib, arablar biror voqeani esda oson saq-lab qolish uchun uni she'rga solganlar. Natijada she'r kishiga estetik zavk bag'ishlovchi vositagina bo'lib kol-may, axborotni avloddan avlodga yetkazuvchi, bilimlarni o'zida to'plovchi vosita vazifasini ham bajargan. Shu bois biron bir dorivor moddaning qanday xususiyatlarga ega ekanligini ham she'rga solganlar. Natijada she'riyat xalq-ning bilimlar to'plamiga aylangan.
«Saydana» asarini yozish uchun muallif yoshligidan dunyoning turli mintaqalarida o'zi bevosita ko'rgak vya yozib olgan dorivor moddalarki berish bilangina cheklanmaydi. Balki o'zigacha bulgan barcha olimlarning yozib qoldir-gan ilmiy merosini sinchiklab o'rganib, ulardan samara-li foydalanadi. Bu modda haqidagi ularning fikrlarini keltirib o'tadi. Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalar-ning nomi izohlanadi. Har bir bob bir harfga bag'ishla-nadi. Arab alifbosidagi 28 harfga lom-alifni ham qo'shib, alohida bob qilib beradi. Beruniy uz asarida bu muammo-ning o'ta muhimligini sezgan holda, 4500 dan ortiq arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, sug'dcha, turkcha va boshqa tillardagi o'simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivorlar nomlarini to'playdi va izoxlaydi. Natijada o'zdavridagi dorivor atamalarni me'-yorlashtirishda juda katta xizmat ko'rsatadi. Ularni izoq-lash uchun 250 dan ziyod olimlarning asarlaridan iqti-bos keltiriladi. Ular orasida Gippokrat (miloddan oldingi 460—355 yillar), Arastu (miloddan avvalgi 384—322 yillar), Ptolomey XI ning qizi Kleopatra (miloddan avvalgi 69-30 yillar) singari yunon; Arxigen (83—117 yillar.), Galen (129—200 yillar) kabi rim; Choraka (miloddan avvalgi I asr) kabi hind; Masardjavayh (661—750 yillar), mashhur tabib Iso Masihning otasi Ad-Dimash-qiy, Iso Masih, al-Kindiy singari arab olimlari nom-lari alohida o'rin egallaydi. Shu nomlarning o'ziyoq Beruniy «Saydana» asarini yozishga nechog'lik katta tayyor-garlik ko'rganligini, dunyoning menman degan allomalari asarlarini sinchiklab kuzatganligini, qadimgi va zamon-doshlari asarlarida uchragan dorivor moddalar nomlarini hijjalab yiqqanligini ko'rsatadi. Olim bu bilangina cheklanib qolmay, ayrim dorivor vositalarni asar yozilayotgan chog'da bevosita ba'zi shaxslar og'zidan daftarga tushirganligini bayon qiladi.
Natijada «Saydana» asari dorivor moddalar lug'atiga aylanadi. Bu lug'atningxarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bo'lishi uchun dorivor moddalar nomini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan boshlanuvchi bir necha so'z bo'lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Natijada o'zigacha bo'lgan arab leksikofaflarining lug'at tuzish tamoyilaridan ancha farq qiladigan o'ziga xos lug'atga aylanadi. Bu lug'at bir vaqtning o'zida ham izoxli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lug'atning ilk namu-nalaridan sanaladi.
Xususan, lug'atning o'n uchinchi maqolasi o'trunjso'zi-ra bag'ishlanadi. Bu so'z Nishopurda va oddiy so'zlashuvda ko'proq turunjdeyilishi, siriyacha atruka, forscha bod-rang,lotincha sitrondeyilishi ta'kidlanadi. Kimki bod-ringni forscha xiyiromdesa, uni o'trunjgaqiyoslab xiyy-ir-i badrangdeb nomlashini aytadi. Bodrangning etimo-logiyasi haqida to'xtalib, o'zigacha bo'lgan tabiatshunos olim Hamza al-Isfaxoniy vadrang«bu rang o'chmasin» degan ma'noni berishini ko'rsatadi, deydi. Abu Hanifa o'trunjnnarabcha mutkdeb berganligini va bu so'z Qur'-onda ham uchrashini ta'kidlaydi. Galen yunonlar sitron-ni «midiya olmasi» sifatida, o'riknn esa «arman olmasi» sifatida tavsiflashini bayon qilganini ko'rsatadi. Shundan so'ng o'trunj (tsitron) ning Misrda, Tobaristonda, Jurjonda qanday kattalikda va shaklda o'sishini, maza-si qanday bo'lishini bayon qiladi va fikrini isbotlash, so'zni o'quvchi xotirasida yaxshi qoldirish uchun sakkizta shoirdan she'riy parchalar keltiradi.
Yoki o'n yettinchi maqolasi idjas(g'aynoli)ga bag'ishla-nadi. Bu so'z rumcha damasqina, siriyacha hahi akama yoki xuxi nisa, forscha girdi siyaxdeyilishi ko'rsatiladi. Rumcha nomi Damashq shahriga nisbatan olinganligini taxmin qiladi. Forscha idjasning olunomi bilan ham yuri-tilishi va «qora» rangiga ishora qilib, siyoh belgisi
bilan qo'llanilishi va shu bilan sariqrangga ega bo'lgan «o'rik»ni bildiruvchi oludan farkutnishi, o'rikuchun «sarik» rangini bildiruvchi zard (zardolu) belgisining qo'shilishini bayon qiladi. Shundan so'ng g'aynoli (sliva)-ning qora, qizil va boshqa turli ranglarga ega bo'lishi, mazasi haqida fikr yuritiladi. Uningtog'da o'sadigan navi ham mavjudligi, uni qaynatib, ezib nonga qo'shib pishi-rish mumkinligini aytadi. Tobaristonda nishak, nisha any deyilishi va ko'proq sariq rangda bo'lishi ta'kidlanadi.
Shuningdek, nilk ham g'aynolilar turiga kirishi, uning ikki xil navi mavjudligi, biri — sutday oq, ikkinchisi esa — ochiq qizil rangda bo'lishi, g'aynolining bu ikki turi Beruniyning ona tilida olucha, uning daraxtini esa baru nomi bilan yuritilishini aytadi Beruniy ma'lum bir o'simlik yoki dorivor moddaning turli tillardagi nomlarini bir maqolada keltira turib, tillar o'rtasidagi fonetiko'ziga xoslik haqidaham ma'lumot beradi. Xususan, arab tilidagi saydana va saydanani so'zlari etimologiyasi haqida to'xtalib, bu ikki so'zning boshidagi (sod) (chim)ning arab tiliga moslashtirilishidir, deydi. Fik-rini dalillash uchun bir qator xuddi shunday misollar keltiradi: sыn chinya an, saymun chaymundan, balus baluchlan, sarm charmdan kelib chiqqanligini aytadi. Ana shu asosda saydanani chandanani«sandal daraxti bilan savdo qiluv-chi» so'zidan arab tili fonetikasiga moslashtirish orkali paydo bo'lganini ta'kidlaydi.
Shuningdek, hynd tili bilan arab tili fonologik tizimida katta tafovut borligini bayon qilib, hind so'zla-rini arab tilida berishda bir qadar qiyinchilik borligini aytadi. Ana shu qiyinchilikni bartaraf qilish maq-sadida arab alfavitiga bir qator o'zgarishlar kiritadi.
Qisman forslardan foydalangan holda to'rtta (p, ch, j, g) harfni qo'shadi.
Bundan tashqari forslarda so'z boshida bva vfonema-larining o'zaro erkin almashinishi mumkinligiga diq-qatni jalb etadi va ana shu almashinish asosida ayrim so'zlarning kelib chiqishi haqida fikr yuritadi. Masalan, o'n ikkinchi maqola (paragraf) Abhalga bag'ishlana-di. U rumcha barutanunva barutun, suryoniycha barusa, forscha bursva vurs,zabulcha vurs gundadeb nomlanishini ta'kid-lagan holda, fors tilida b-vfonemalarining talaffuzi bir-biriga yaqin ekanligi, shuning uchun ko'pincha ular bir-biri bilan oson almashinishini aytadi.
Beruniy morfologik birlik bo'lgan morfemalar haqida, ya'ni so'zning ma'noli birliklari haqida ham fikr yuritadi va ularni o'zak hamda o'zak bo'lmagan (affiksal) turlarga ajratadi. Xususan, lotin tilidagi otlar haqida gapirar ekan, rum tilida otlarning «sin», ba'zan «nun» harflari bilan tugallanishi, bu ikki harf lotin gram-matikasida o'zakka kirmasligi, qo'shimcha harf ekanligini ta'kidlaydi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarning o'ziyoq buyuk tabiatshunos olimning tilshunoslikka ham qanchalar dahl-dor ekanligidan guvoxlik beradi.
Beruniy dunyo tillari, ularning farqli xususiyatlari, leksikografiya, etimologiya, grammatika masalalari bo'yicha o'zining ma'lum qarashlarini bayon qildi va bu bilan tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi va lingvistik ta'limotning rivojiga ma'lum hissasini qo'shdi.



Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling