Buyumlar interneti (internet of things, IoT)ni qo‘llanilish sohalari va xavfsizlik muammolari s. Yahshibayev (tatu)


Download 27.45 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1253706
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola(Sadulla Yahshibayev)

Sanoat (Industrial). Buyumlar Interneti maskur sohada mahsulotlarni tezkor ishlab chiqarish, mahsulot ehtiyojlariga dinamik javob berish va tarmoq uskunalari, sensorlar va boshqaruv tizimlarini birlashtirish orqali ishlab chiqarish tarmoqlari va ta'minot zanjirlarini real vaqt rejimida optimallashtirishga imkon beradi.
Infratuzilma (Infrastructure). Ko'priklar, temir yo'llar, quruqlik va qirg'oq shamol fermalari, shahar, qishloqlarning barqaror infratuzilmalarini monitoring qilish va boshqarish buyumlar Interneti dasturining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi.
buyumlar Internetining SWOT tahlili
Afzalliklari:

  • Inson faktorini minimallashtirish. Buyumlar Internetining eng asosiy kuchli tomonlaridan biri shundaki, inson omili ishtirok etadigan jarayonlarni avtomatlashtirish orqali inson faktorini kamaytiradi.

  • Atrof-muhitga foydali. Ulangan qurilmalarni uglerod chiqindilarini kamaytirish mumkin. Aqlli avtomobillar, aqlli chiroqlar va aqlli uylar energiya sarfini cheklaydi va chiqindilarni kamaytiradi. “Carbon War Room” nomli statistik jurnalning yaqinda e'lon qilgan hisobotga ko'ra, buyumlar Interneti atmosferaga zararli chiqindilarni 19 foizga kamaytirishi mumkin.

  • Foydalanish qulay. Bugungi kunning tenedensiyalaridan biri shundaki, barcha harakatlar bilan bajariladigan jarayonlar avtomatlashtirilib, foydalanishni qulaylashtiradi. Maskur jarayonlarning barchasi yagona mobil qurilmalar yoki maxsus o`rnatilgan tizimlar orqali boshqarish imkoniyati beradi [3,4].

Kamchiligi:

  • Xavfsizlik. Buyumlar Internetining eng zaif tomonlaridan biri - xavfsizlik muammolari hisoblanadi. Misol uchun: kriptografik usullar, kalitlarni boshqarish, autentififatsiya, ruhsatlarni boshqarish.

  • Ma'lumotlar bilan bog`liq qiyinchiliklar. Buyumlar Interneti qurilmalari boshqa qurulmalar bilan ma’lumotlar almashinuvida ko‘plab muammolarga duch kelishi mumkin. Misol uchun: ma’lumot maxfiyligi, butunligi, foydalanuvchanligi bilan bog’liq muammolar.


  • Download 27.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling