Buzilmagan uya
Download 17.35 Kb.
|
BUZILMAGAN UYA
BUZILMAGAN UYA G‘ayratiy Yomg‘ir kechasi tindi. Beg‘ubor zangori osmonda lovullagan quyosh nuri ko‘m-ko‘k barglar, baxmal sabzalar ustiga to‘kilmoqda. Hamma dalada. Bog‘larda ko‘klam taraddudi. O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘lganimdan so‘ng oyim: — Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. Tezroq ovqat olib bor! — deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jo‘nadim. O‘rtog‘im Abboslarning bog‘iga yaqinlashganimda qarshimdan qafas ko‘tarib Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib qolishdi. — Yur, qush ovlaymiz, — dedi gerdayib, o‘zini ovchilarday ko‘rsatib Mahkam. — Qarqunoq bolasini olib beraman, — qo‘limdan tortdi Xoltoy. — Bobomning oldilariga borishim kerak, — dedim qo‘limdagi narsalarni ko‘rsatib. — Bo‘lmasa, tezroq kel, — dedi Sharif. — Katta terakzorda seni kutamiz. Men ulardan arang ajralib, yo‘lga tushdim. Anchagina kech qoldim. Yuragim po‘killay boshladi. — Assalomu alaykum! — dedim. Bobom daraxtni payvand qilish bilan ovora ekanlar. Salom bergan edim, bobom kulib: — Vaalaykum assalom, terlab ketibsan, bolam, chopdingmi? — dedilar. — Bobomning qorni ochib qoldi, deb o‘ylagansan-da. Bekor shoshibsan. Jamoa xo‘jaligi idorasiga borganimda ovqatlanib olgan edim. Bobomning bu gapidan juda xursand bo‘lib ketdim. Qo‘limdagi narsalarni bir chekkaga qo‘yib bobomga yordamlashdim. Daraxt shoxlarini bir joyga to‘plab bog‘ladim. Payvand qilingan butoqlarga loy chapladim. Bobom payvand qilar ekanlar: — Ko‘zing pishsin, o‘rganganing foyda, bolam! — deb qo‘yar edilar... Uyga ertaroq qaytdik. Men mayda-chuyda narsalarni ko‘tarib olgan edim... Qulog‘imga yig‘i ovozi eshitildi. — Bobo, — dedim, — siz ham eshityapsizmi, birov yig‘layapti. Bobom hayron bo‘lib, atrofga alangladilar. — Yugur, xabar ol-chi! Chopib borib qarasam, o‘rtog‘im Mahkam ingrab yotibdi. Hammayog‘i tirnalgan. Yuz-ko‘zi qon. — Bobo, — deb qichqirdim, — bu yoqqa keling, tezroq. Bobom birpasda harsillab yetib keldilar. Mahkamni yerdan ko‘tarib oldik. Yerda, xas-xashaklar orasida inidan tushgan chumchuq bolalari chiyillashardi. Tepamizga ularning onasi kelib chirqillar, goh daraxtga qo‘nar, goh yerda yotgan bolalariga yaqin kelib, qanoti bilan silab o‘tar edi. Bu ahvolni ko‘rib yuragim ezilib, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Bobom ham qattiq xo‘rsinib qo‘ydilar. — Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib betinch qilding. Onasini chirqiratding. Shu ham ish bo‘ldimi? — O‘zi tuzukmi, bobo? — tashvishlanib so‘radim men. — Uyiga xabar berish kerak. Tez yugur, — dedi bobom. Orqamga qaramasdan jo‘nadim. Bog‘, maydon oshib, Mahkamlarning uyiga yetib keldim. Darvozadan kirsam, oyisi hovli supurayotgan ekan. — Ha, bolam, tinchlikmi? — Meni Mahkam yubordi. Borar emishsiz, — dedim hovliqqanimdan nima deyishimni bilmay. — Bir gap bo‘ldimi? Nega meni Mahkam chaqiradi? Ranging nega o‘chib ketdi? Gapirsang-chi! — dovdirab qolgan oyisi yugurib kelib, qo‘limdan ushladi. — Yuring, tezroq. Bir zumda terakzorga yetib keldik. Mahkamning oyisini ko‘riboq bobom: — Qo‘rqmang, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Yuz-ko‘zi sal shilingan, xolos, — dedi. Bu gapdan Mahkamning onasi o‘zini sal tutib oldi. Shu payt Mahkam bir to‘lg‘andi-da, pichirlab allanarsalar dedi. — Ko‘zingni och, bolam, nima qildi? — dedi onasi. — Ilon! — dedi-yu, Mahkam yana jim bo‘lib qoldi.Uning bu gapini eshitib, o‘rtog‘im bechorani ilon chaqibdi, degan firga keldim. Bobom ham go‘yo ilonni qidirayotganday atrofga qaradi. Ma’lum bo‘lishicha, ilon daraxt butog‘iga o‘ralib, chumchuq bolalarini yeyishga payt poylab turgan ekan. Uni Mahkam ko‘rmasdan, chumchuq bolalarini kovakdan olayotganida, ko‘zi ilonga tushib qolibdi. Qo‘rqqanidan terakdan sirg‘anib, yarmisiga tushganida o‘zini yerga tashlab yuboribdi. — Shunday denglar, ishqilib ilon Mahkamni haqmabdi-ku. Endi ilonni yo‘q qilish kerak. U chumchuq bolalarini yeb qo‘yishi mumkin. Download 17.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling