Buzoqlarni og'iz suti davrida oziqlantirish
Buzoqlarning parvarishida ichiruvchi avtomatlarni qo'lIash
Download 29.71 Kb.
|
Buzoqlarni ozqlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi olingan buzoqlarni birinchi kunlarda boqish
Buzoqlarning parvarishida ichiruvchi avtomatlarni qo'lIash. Boquvda doimiy ravishda 15 va undan ortiq buzoqlari bo'lgan fermalarda buzoqlarni suyuq sut ozuqalar bilan boqish uchun komputer avtomatlari o'z afzalligini ko'rsatdi. Bu qurilmalar buzoqlar har safar ularga yaqinlashganligini sezib, bunkerda saqlanadigan quruq SO'B ni iliq suv bilan avtomatik ravishda aralashtiradi. Bunda bir sutkada buzoqlangan belgilangan sut ozuqa me'yori miqdori bir necha porsiyaga bo'linadi va kun davomida beriladi. Buzoqlarga ularni avtomat yordamida aniqlab olinadigan maxsus bo'yinbog' Jar ta' qiladi. Suyuq SO'Bning miqdori va undagi oziq moddalar konsentratsiyasi har bir buzoq uchun alohida me'yorlashtiriladi, bu bir guruhda birvaraqayiga har xii yoshdagi buzoqlarni o'stirish va bo'rdoqiga boqish irnkonini beradi. Quruq SO'Blar avtomatlarda suv harorati 40-42·C ostida aralashtiriladi, shuning uchun, ularning shu haroratda eruvchanligiga alohida ahamiyat berish kerak. Bir martada 0,3 dan 0,5 Iitrgacha sut aralashadi. Ichiruvchi avtomatlar yordamida yetilgan sutni ham ichirish mumkin. Buzoqlarning bir martalik ichishiga avtomatdan 2 I ko'p bo'lmagan suyuq ozuqa chiqadi. Ozuqaning talab qilinmagan miqdori maxsus dastur orqali keyingi porsiyaga qo'shiladi, shuningdek, ayni bir buzoqning ichish vaqti oralig'i 2 soatdan oshmasligi kerak. Buzoqlarni og'iz suli davri tugashi bilanoq, ichirish avtomatlariga o'rgatish kerak. Bu suyuq sut ozuqasi bilan boqiladigan har xii yoshdagi buzoqlar bir joyda saqlangan bo'lsa, ularning barchasi suyuq sut ozuqasini ol~di. Buzoqlarning to'g'ri boqilishini kuzatish va ularning individual nazorat qilishni ta'minlashning imkoniyati bo'lmaganligi uchun bir guruhdagi buzoqlar soni 40 boshdan oshmasligi lozim.
Yangi olingan buzoqlarni birinchi kunlarda boqish Buzoqlar sotib.olingada ayrim tadbirlarni o'tkazish kerak. Sotib olingan buzoqlarning transportda tashilishi, saqlash sharoitining o'zgarishi va oziqlantirilishini inobatga olib, ularni avval fermada mavjud bo'lganlarning hammasi bilan darhol birga joylashtirmaslik kerak. Bunday buzoqlarni vaqtincha alohida joyda saqlash kerak. OIib kelingaridan keying birinehi saotda ularga 1 I suvga 2 gosh tuzi qo'shilgan issiq suv beriladi. Shuningdek, A, D3, E vitaminlami qo'shish ham foydalaniladi. Sotib olingan buzoqlarni oziqlantirishda sut va SO'B laming miqdori astasekin oshirib boriladi. Dastlabki uch kun suyuq sut ozuqasi 2 litrdan 2 marta (50 gr SO'B 1 litr suvda) beriladi. To'rtinehi kundan, suyuq ozuqa bilan boqish karraligi hajmi 3 Iitrgaeha oshiriladi. SO'B miqdori 1 litrda 100-125 grammgacha yetkaziladi. Buzoqlarning fermaga keltirilganidan keyingi birinchi kunlarida ozuqani hazm qilish buzilishi yoki boshqa kasalliklarni aniqlash maqsadida ularning sog' Iig' i holatini, haroratini juda sinehkovlik bilan o'tkazish kerak. Kerak paytda hayvonlarni zudlik bilan davolash tashkil etiladi va fermadagi hayvonlar orasida kasallik tarqalmasligining oldini olish bo'yieha tadbirlar qabul qilinadi. 8.8. Parvarish jarayonida buzoqlarda ovqat hazm qilishning buzilishi Buzoqlar hayotining birinchi haftasida ieh ketishi bilan keehadigan alohida kasalliklar xavfi ko'p bo'ladi. Ko'pincha, buning sababi bo'lib buzoqlarni boqish va saqlashning buzilshi xizmat qiladi. Ich ketish hollarida, avvalo, buzoq organizmining ko'p miqdorda suv yo'qotmasligini, ya'ni suvsizlanishining oldini alish zarur. Organizmdan Yo'qotilayotgan suv bilan birga natriy, kaliy, magniy va xlor minerallari ham chiqib ketadi, ayni paytda, qonda qand miqdori ham kamayadi. feh ketishiga olib keladigan omillar: ~ buzoq tug'i1ganda gigiyena qoidalariga yetarli e'tibor qilmaslik; ~ og'iz sutiningjuda keeh berilishi; , suyuq sui ozuqaiarning harorati pasiiigi; , oziqlantirishda suyuq sut ozuqalari ya SO'B larni iehirishning me'yorlaridan ko'p miqdorda ehiqib ketish; ~ oziq moddalar konscntratsiyasining o'zgarishi yoki suyuq SO'B larda cho'kmalar paydo bo'lishi; ~ sut ozuqalarda yog' miqdorining yuqoriligi. Yana sut ozuqalarni ichirish LSE larining iflosligi, suyuq sut ozuqalarining nomuntazam berilishi, sifatsiz ozuqalar berilishi, ratsionda xom protein miqdorining ortiqchaligi ozuqalar to'plamidagi keskin o'zgarishlar, shuningdek, ozuqalar to'plamidagi keskin o'zgarishlar, fermadagi sanitariya-gigiyena sharoitlarining yomonligi, yelvizak holatlari ham sabab bo'ladi. Yashash sharoiti va oziqlantirishning buzilishi buzoq ingichka ichagiga kolibakteriyalarning tushishiga, shuningdek, buzoq organizmining rota-va koronaviruslar bilan ifloslanishiga olib keladi. Kasallanishning zarracha belgilaridanoq, hayvonlarni darhol davolash ishlarini o'tkazish kerak. Avvalambor, sut ozuqasini berishni to'xtatish kerak. Ayni vaqtda, antiboitik va sulfanilamid preparatlari bilan medikamentoz davolashni boshlab yuborish kerak. Yo'qotilgan suvning o'rnini to'ldirish, buzoqlarga suv ichirish mumkin, yaxshis~ har bir oziqlantiirshda 2-3 I miqdorda qora, arpabodiyon, moychechak, yasmiq, yalpiz choylari ichirilishi kerak. Ozuqaning kaloriyaligini oshirish maqsadida suyuq ozuqaga 50 gr glukoza, 5 gr mineral tuz qo'shiladi. Bundan tashqari, elektrolit suyuqliklar ham ichiriladi. Dorivor suyuqliklar ichirish oraliqlarida, buzoqlar toza ichimlik suviga bemalol qo'yiladi. Mineral moddali suyuqliklar va dorivor choylar 1-2 kun davomida beriladi. Shundan so'ng, asta-sekin ratsionga suyuq sut ozuqalari kiritiladi. Chumoli kislotasi yordamida sut ozuqalarni ivitish juda yaxshi foyda keltiradi. Bunda kasallik keltirib chiqargan sabablar aniqlanishi kerak. Buzoqlarni qo'shimcha oziqlantirish Buzoqlarni ichimlik suviga ertaroq o'rgatish ularning quruq ozuqalarni yaxshiroq yeyishiga yordam beradi. Shuning uchun ikkinchi haftadanoq, ularga quruq ozuqalardan bemalol iste'mol qilishga qo'yib berish kerak. Buzoqlaming suvga bo'lgan talabi, ular tirik vaznining 10% qismini tashkil qiladi. Suv sifati sog'in sigirlarga beriladigan suv kabi bo'ladi, harorati esa ferma havo harorati bilan mos kelishi kerak. Agar buzoqlarga kuniga ikki marta sut ichirilsa, unda darhol suv berish mumkin emas, chunki ularda so'rish refleksi yarim soat atrofida davom etadi. Sut ozuqasining suv ichirilgandan keyin, darhol berilishi uning shirdoniga tushib, uning to'lib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda, hali ivib ulgurmagan sut shirdondan itarilib, ingichka ichakka surib chiqariladi, so'ngra sut u yerda fermentativ o'zlashtirilmasligi mum~in. Hazm jarayoni buzilganda, ozuqa tarkibida buzoq organizmiga elktrolitlarning yetarli miqdorda kirayotganligini kuzatib turish kerak bo'ladi. Ikkinchi haftadan boshlab, buzoqlarga to'yintirilgan ozuqa tavsiya qilinadi. To'yintirilgan yem ozuqaga o'rgatish siqmaning rivojlanishiga olib keladi va buzoqlarni sut emishdan to'xtatishga imkoniyat yaratadi. To'yintirilgan ozuqalar yuqori sifatli komponentlardan tayyorlangan bo'lishi va tarkibida 18% gacha xom protein bo' lishi lozim (l kg ozuqada 10,5-11,0 MDj). Xom klechatkaning miqdori esa QMga 10% dan oshmasligi kerak, biologik aktiv moddalarning tushishi to'yintirilmagan ozuqalarga 2-5% Ii ishqorda vitamin mineralli qO'shimchalar qo'shish yo'li bilan • ta'minlanadi. To'yimli ozuqalaming yeyimligi ulaming granullangan yoki maydalanganligi hisobiga yaxshilanishi mumkin. Sut ozuqalar bilan oziqtiriIgandan so'ng, konsentratlar berilishi buzoqlarni yaxshi to'yishiga olib keladi va hayvonlar bir-birini emish holatlarini bartaraf qiladi. Yeyilmay qolgan ozuqalar, har kuni olib tashlanishi kerak, chunki buzoqlar so'laklari bilan namlanib qolgan yemlar, buzoqlarda hazm jarayonining buzilishiga olib keladigan, mikroorganizmlarning ko' payishi uchun yaxshi muhit yaratiladi. Buzoqlarni oziqlantirish uchun faqat yuqori sifatli dondan foydalaniladi. Tarkibida xom klechatka va shilliq paydo qiluvchi moddalar saqlovchi suli to'yintirilgan ozuqaning foydali komponenti hisoblanadi. Biroq suli yetishtirish texnologiyalari ta'sirida suli doni dala va ombor zamburug'lari bilan, ko'pincha, zararlangan, binobarin, suli tarkibida mikotoksinlar bo'ladi. Bu boshqa don aralashmalaridan tayyorlangan ozuqalar uchun ham xarakterlidir. Shuning uchun ham, omixta yem tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo sifatini doimiy kuzatib turish yo'lga qo'yilishi kerak. Bunday omixta yemlarni tayyorlashda kepak, tolali zig'ir urug'i va quruq jom kabi mahsulotlar, agar sifat talablariga javob bera olsa, muvaffaqiyat bilan qo'lIanilishi mumkin. Buzoqlaming sifatli pichanni iste'mol qilishi siqmaning rivojlanishiga yaxshi ta'sir qiladi. Pichan serbarg, yetilgan davrda o'rilgan va 15 srn uzunlikda maydalanib bog'langan bo'lishi kerak. Buzoqlarga oqsil moddalarga boy bo'lgan pichanlami yoki o'simliklar maysasi berish to'g'ri kelmaydi, chunki bu ularda ich ketishini keltirib chiqarishi murnkin. Buzoqlaming sut emish davrida pichan miqdori, ayniqsa, agar ular ratsionida yuqori sifatli silos va to'yintirilgan ozuqa bo'lsa, har bosh hisobiga 500 gr oshmasligi kerak. Pichan qoldiqlari ham har kuni oxurlardan olib tashlanishi lozim. Buzoqlami sut ozuqalaridan to'xtatish, ulaming yoshi bilan emas, balki qO'shimcha ozuqani yeyishga o'rgatish darajasi bilan aniqlanadi. Masalan, tirik vazni 80-90 kg bo'lgan buzoq bir sutkada 800 gramm, 100-110 kg buzoq esa 1,2 kg, 130 kg dan yuqori vaznga ega bo'lgan buzoq esa 1,5 kg to'yintirilgan ozuqa iste'mol qilishi kerak. Agar buzoqlar ertaroq sut ozuqalaridan to'xtatilsa, ularda o'sish pasayadi, qabul qilingan oziq moddalari miqdori ulaming hayoti va mahsuldorligini saqlashga bo'lgan talabni to'la ta'minlay olmaydi. Buzoqlami sut ozuqalari bilan oziqlantirish to'xtatilgandan key in, hajmdor va to'yintirilgan ozuqalarni iste'mol qilishi kuniga bir bosh hisobiga 2-2,5 kg gacha ortadi. Download 29.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling