Byudjet bilan hisob kitoblari
Download 110.5 Kb.
|
BYUDJET BILAN HISOB KITOBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar hisobi
BYUDJET BILAN HISOB KITOBLARI REJA: 1. Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar hisobi 2. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi 3. Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi 1. Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar hisobi Budjet tashkilotiga reja asosida mehnat haqi fondi belgilanadi. Mehnat haqi fondi rejadagi va hisobotdagi fondlarga bo‘linadi. Vaqtning muayyan davrida ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi to'lash uchun budjet tashkilotining xarajatlar smetasida ko'zda tutilgan pul raablag'lari summasi mehnat haqining rejadagi fondi hisoblanadi. Muayyan davr uchun shtatdagi va shtatdan tashqaridagi xodimlarga haqiqatda hisoblangan mehnat haqi summasi mehnat haqining hisobotdagi fondi hisoblanadi. Mehnat haqi qaysi vaqtga to'lanayotganligi, miqdori va bajarilgan ishlaming sifatiga qarab asosiy va qo'shimcha mehnat haqiga bo'linadi. Ishchi va xizmatchilaming ishlagan vaqti uchun yoki bajargan ishlarining miqdori va sifati uchun to'lovlar asosiy mehnat haqi hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilarga qonunda ko'zda tutilgan ishlamagan vaqti (ta’til vaqti uchun to'lov, davlat va jamoat vazifalarini bajargan davri uchun to'lov, o'smirlarga imtiyozli soatlari uchun to'lov va boshqalar) uchun to'lovlar qo'shimcha mehnat haqi hisoblanadi. Shtatdagi xodimlar soni, mehnat haqi stavkalari, xodimlaming ayrim kategoriyalari ish staji va ma’lumoti haqidagi ma’lumotlar bo'yicha hamda tashkilotlaming tarmoqlarini mo'ljallangan kengaytirish bo'yicha va boshqa ko'rsatkichlami hisobga olgan holda mehnat haqi fondi hisoblab chiqiladi. Bank muassasalari xodimlaming mehnat haqi va budjet tashkilotlarining xarajatlari uchun mablag'lami berishni tegishli moliya organi tomonidan berilgan ro'yxatga olish kartochkasi taqdim etilgandan so'ng amalga oshiradi. Budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ro'yxatdan o'tkazish: a) O'zbekiston Respublikasi respublikb badjetida turuvchi tashkilotlaming shtat jadvallari-O'zbekiston Respublikasi Moliya vazir-ligida; b) Qoraqalpog'iston Respublikalining respublika budjetidat vilovat-lar budjetlarida va Toshkent shahrining shahar budjetida turuvchi tashkilotlarning shtat jadvallari-Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarida; d) shaharlar va tumanlar budjetida turuvchi tashkilotlarning shtat jadvallari-shaharlar, shaharlarning tumanlari va tumanlar moliya bo'limlarida amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan rahbarlari tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvallari ro'yxatdan o'tka-zishgaqabulqilinadi. Budjet tashkilotlarining xodimlarini lavozim maoshlari va tarif turlari mehnat haqi to'lash bo'yicha tasdiqlangan yagona tarifikatsiyalash tizimi (xalq ta’limi tizimida esa bazaviy tarif setkasi) asosida o'rnatiladi, smeta bo'yicha ko'zda tutilgan mermatga haq to'lash fondi doirasida ro'yxatdan o'tkazishga qabul qilinadi. Xodimlami moddiy rag'batlantirish maxsus fondi ajratilgan mehnat haqi to'lash fondidan 15 foiz miqdorida ro'yxatdan o'tkazishga qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumta'hm maktablari va rnaktab-internatlarda esa har yilgi budjetda ko'zda tutiladigan foizda tashkil qilinadigan xodimlami moddiy rag'batlantirish direktor fondiga ajratma sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi. Stipendiya fondi budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga qilingan hisob-kitoblar asosida ro'yxatdan o'tkazishga qabul qilinadi. Budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ro'yxatdan o'tkazish ro'yxatdan o'tkazish kartochkasini berish yo'li bilan rasmiylashtiriladi. Ro'yxatdan o'tkazish kartochkasi bank muassasalarida tegishli depozit hisobvaraqlari bo'lgan budjet tashkilotlariga beriladi. Ro'yxatdan o'tkazish kartochkasi yuqori tashkilotning vakiliga beriladi. Budjet tashkilotlarining smetalarida mehnat haqiga qilingan xarajatlar smetaning eng ko'p qismini tashkil qiladi. Shuning uchun mehnat haqi hisobini to'g'ri tashkil qilish katta davlat ahamiyatiga egadir. Barcha budjet tashkilotlari mehnat haqi uchun berilgan mablag'larni sarf qilishda shtat tartibini saqlashga, mehnat haqi stavkalarining ko'tarilishiga yo'l qo'yilmasligini, mehnat haqi fondidan tayinlanishi bo'yicha foydalanish va mehnat haqini smetaning boshqa moddalari hisobidan to'lashga yo‘l qo'yilmasligini ta’minlashga majburdirlar. Mehnat haqi fondining to‘g‘ri sarf qilinishi, belgilangan stavkalar va shtatlarga rioya etilishi uchun javobgarlik budjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatilgan. Bir nechta hisob-kitob-to‘lov vedomostlari yoziladigan budjet tashkilotlarida bu vedomostlaming jamlanmalari bo'yicha mehnat haqiga doir memorial-order bo'ladigan «5-memorial-order. Mehnat haqi va stipendiyalar bo'yicha hisob-kitob vedomostlarining yig'masi» (405-shakl) tuziladi. Ayrim hujjatlar bo'yicha ma’lumotlar, xatolarni aniqlash bilan bog'liq bo'lgan turli xildagi qo'shimcha operatsiyalar va storno yozuvlari, hujjatlarai to'ldirishda kelib chiqqan xatolar va shunga o'xshash ma’lumotlami yozishga buxgalteriya ma’lumotnomasini (433-mex-shakl) to'ldiradi. Budjet tashkilotlarining ishchi va xizmatchilariga mehnat haqi belgilangan muddatlarda, budjet tashkilotlarining ko'pchiligida oyda ikki marotaba, ayrimlarida esa-bir marta beriladi. Mehnat haqini hisoblash oyda bir marta amalga oshiriladi. Mehnat haqini va boshqa to'lovlarni hisoblash bo'yicha hisob-kitob vedomosti ishga kelganlami hisobga olish tabellari, ishchi va xizmatchilami ishga qabul qilish, ishdan bo'shatish va xizmat yuzasidan bir joydan boshqa joyga o'tkazish haqidagi budjet tashkiloti bo'yicha chiqarilgan buyruqlar asosida tuziladi va oyning oxirgi kunida hisobda qayd qilinadi. Tabel belgilangan shakl bo'yicha yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo'yicha ishlangan kunlaming umumiy soni hamda me’yoridan ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. Tabel oyning oxirgi kuni budjet tashkilotining buxgalteriya xizmatiga mehnat haqini hisoblash uchun beriladi. Mehnat haqini hisoblash bo'yicha hisob-kitob vedomosti mehnat haqiga doir oylik hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi. Mehnat haqini to'lash vedomostlari budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Kassadan pul berishga ruxsatnoma ham budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. To'lash muddati tugagandan so'ng kassir vedomostni kassa hisoboti bilan birga buxgalteriyaga topshiradi. Vedomostda mehnat haqini olmagan shaxslaming familiyalari qarshisiga «Deponentlashtirilgan» tamg‘a(shtamp)nibosadiyokiqo'ldayozibqo'yadi.Vedomostningoxirida haqiqatda to'langan mehnat haqi summasi va deponentlashtiriladigan summako'rsatiladi. Xodimlar mehnat haqining deponentlashtirilgan summalari haqi-dagi ma’lumotlami kassir Deponentlashtirilgan mehnat haqi va stipendiyalarning analitik hisobi kitobiga (441-shakl) yozishi kerak. Kassir tomonidan vedomostda qilingan belgilar va Deponentlashtirilgan mehnat haqi va stipendiyalarning analitik hisobi kitobida yozuvlar tekshirilgandan hamda to'langan va deponentlashtirilgan summalami qayta hisoblab chiqilgandan keyin buxgalteriya shu kunning o'zida haqiqatda to'langan mehnat haqi summasiga chiqim orderi yoziladi va kassaga bu summani kassa bo'yicha xarajatga chiqarish uchun, ya’ni, kassir hisobotiga qo'shish uchun beriladi. Deponentlashtirilgan summalar mehnat haqi to'lash muddati tugagandan so'ng keyingi kuni bank muassasasiga budjet tashkilotining tegishli depozit hisobvarag'iga topshiriladi. Budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati hisob-kitob vedomosti asosida memorial-order tuzadi. Memorial-orderga mehnat haqini hisoblashga va boshqa to'lovlar bo'yicha asos bo'lib xizmat qilgan barcha hujjatlar ilova qilinadi. Memorial-order asosida mehnat haqini hisoblash, undan ushlash va to'lash bo'yicha operatsiyalar yozuvi bosh jurnal kitobiga va boshqa hisob registrlariga qayd qilinadi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar uchun nafaqalari bo'yicha nafaqa, bir martalik nafaqalar (vafot etganda beriladigan, bola tug'ilganda beriladigan va boshqalar) va o'tgan oy uchun ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar uchun nafaqalar, bir martalik nafaqalar va ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar to‘lash vedomosti bo'yicha budjet tashkilotining buyurtmasiga muvofiq ijtimoiy ta’minot bo'limidan kelib tushgandan so'ng to'lanadi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar uchun nafaqalar, bir martalik nafaqalar va ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar to'lash vedomosti budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri hamda mazkur budjet tashkilotining kasaba uyushmasi tashkiloti raisi tomonidan imzolanadi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining muhri tushiriladi. Kasaba uyushmasining raisi tomonidan imzolanmagan homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar uchun nafaqalari bo'yicha nafaqa, bir martalik nafaqalar va ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar to'lash vedomostlari qonuniy kuchga ega emas, deb hisoblanadi va bu vedomostlar bo'yicha to'langan summalar ijtimoiy sug'urtaga qilingan ajratmalar hisobiga qabul qilinmaydi. Ishchi va xizmatchilar hamda stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi uchun quyidagi subschyotlar qo'llaniladi: 171 - «Vaqtinchamehnatgaqobiliyatsizlik bo'yicha nafaqagadoir hisob-kitoblar» subschyoti; 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti; 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti; 177 - «Deponentlar bilan hisob-kitoblan> subschyoti; - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti; - «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblan> subschyoti; - «Kreditgasotilganmollar uchun ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti; 185 - «Kasaba uyushmasiga a’zolik to'lovi summalarini naqd pulsiz o'tkazishlar bo'yicha kasaba uyushma a’zolari bilan hisob-kitoblar» subschyoti; 187 - «Ijro hujjatlari va boshqa ushlanmalar bo'yicha hisob- kitoblar» subschyoti; 188 - «Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti; 190 - «Xodimlar bilan shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti; 198/1- «Sug'urta to'lovlari (2,5%) bo'yicha pensiya fondi bilan hisob-kitoblar» subschyoti; 198/3- «Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha pensiya fondi bilan hisob-kitoblar» subschyoti; 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling