Byudjet bilan hisob kitoblari


-«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarmng xarajatlari» subschyoti)


Download 110.5 Kb.
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1254206
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BYUDJET BILAN HISOB KITOBLARI

214-«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarmng xarajatlari» subschyoti),
211 - «Maxsusmablag'larbo'yichaxarajatlar» subschyoti;
400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daro-madlar» subschyoti.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqaga doir hisob-kitoblar hisobi
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqaga doir hisob-kitoblar hisobi uchun 171-«Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqaga doir hisob-kitoblar» subschyoti tayinlangan. Bu subschyot passiv subschyotdir. 171-«Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqaga doir hisob-kitoblar» subschyotining kreditida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha hisoblangan nafaqa summalari, bu subschyotning debetida esa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha to'langan nafaqa summalari qayd qilinadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha hisoblangan nafaqaning umumiy summasiga budjet tashkilotida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha
xarajatlaD> subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214-
«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari
oluvchilarmng xarajatlari» subschyoti) yoki
Debet 211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
Kredit 171 -«Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqaga doir
hisob-kitoblan> subschyoti.. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha to'langan nafaqaning umumiy summasiga budjet tashkilotida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 171 - «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqaga doir
hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.
Budjet to‘lovlariga doir hisob-kitoblar hisobi
Ishchi va xizmatchilardan ushlangan daromad soliq summasi va budjet bilan boshqa hisob-kitoblar uchun 173-«Budjet to'lovlariga doir hisob- kitoblar» subschyoti tayinlangan. 173-«Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblan) subschyotining kreditida ushlangan daromad soliq summasi, foydalanilmayotganmol-mulkniijaragaberishdantushganijarasuramasining 50 foizi va boshqalar qayd qilinadi, uning debetida esa budjetga o'tkazilgan daromad soliq summasi, foydalanilmayotgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan ijara summasining 50 foizi hamda xodimlaming shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o'tkazish uchun ushlangan daromad soliq summasidan chegirib qolingan to'lov summasi qayd qilinadi.
Budjet tashkilotida jismoniy shaxslaming daromadlaridan ushlangan soliqning umumiy summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti. Qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslaming daromadiga hisob-langan soliq summasini kamaytirish hisobiga xodimlaming shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o'tkazish uchun chegirib qolingan to'lov summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 190 -«Xodimlar bilan shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob-
varag'iga to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti. Jismoniy shaxslardan ushlangan daromad solig'i summasi (shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o'tkazish uchun chegirib qolingan to'lov summasi ayrilgandan so'ng) o'tkazib berilganda budjet tashkiloti buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari boyicha budjet mablag‘lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti) yoki Kredit 100-«Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti). 173-«Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti passiv subschyotdir.173-«Budjetto'lovlarigadoirhisob-kitoblar» subschyotida, odatda, ishchi va xizmatchilardan ushlangan daromad solig'i, hamda foydalanilmayotgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan ijara summasining 50 foizi bo'yicha budjetdan budjet tashkilotining qarzini ko'rsatadigan kreditli saldosi bo'lishi mumkin.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling