Byudjet bilan hisob kitoblari


Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa berish xususiyatlari


Download 110.5 Kb.
bet6/7
Sana08.03.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1254206
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BYUDJET BILAN HISOB KITOBLARI

Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa berish xususiyatlari
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa, mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha ishlarni bajarish bilan bog'liq sabablarga muvofiq nogiron bo'lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to'rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. Agar ishlayotgan nogironning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to'la sog'aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan nogironlik guruhi qayta ko'rib chiqilgunga qadar to'lanadi. Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa shaxs to'la sog'aygunga qadar, lekin ko'pi bilan o'n oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko'pi bilan olti oyga beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanmaydigan hollar
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha: mehnat haqi saqlanmagan ta’til; bolani parvarishlash bo'yicha ta’til; ish vaqtincha to'xtatilgan; xodim ish (lavozim)dan chetlashtirilib, mehnat haqi to'lash to'xtatib qo'yilganligi sababli ishlamagan; harbiy o'quv yoki tekshiruv yig'im; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo'shimcha ta’til davrlariga to'g'ri kelganda, nafaqa to'lanmaydi. Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqani to'lash foizlari
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa: ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; qaramog'ida o'n olti yoshga (o'quvchilar o'n sakkiz yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo'lgan xodimlarga; Chemobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga; Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko'chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari, qalqonsimon bez va xavfli o'smalar bilan bog'liq kasalhklarga chalingan xodimlarga; mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga, ulaming ish stajining davomiyligidan qat’iy nazar, mehnat haqining yuz foizi miqdorida hisoblanadi va to‘lanadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklar bo'yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug'urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog'liq ravishda: umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo'lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa mehnat haqining yuz foizi miqdorida; umumiy ish staji besh yildan sakkiz yilgacha bo'lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy ish staji besh yilgacha bo'lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa mehnat haqining oltmish foizi miqdorida hisoblanadi va to'lanadi.
Yuqorida keltirilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga: umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo'lgan xodimlarga hamda yigirma bir yoshga yetmagan chin yetimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy ish staji sakkiz yilgacha bo'lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa mehnat haqining oltmish foizi miqdorida hisoblanadi va to'lanadi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling