Byudjet bilan hisob kitoblari


Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha pensiya fondi bilan hisob-kitoblar hisobi


Download 110.5 Kb.
bet3/7
Sana08.03.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1254206
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BYUDJET BILAN HISOB KITOBLARI

Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha pensiya fondi bilan hisob-kitoblar hisobi
Yagona ijtimoiy to'lov moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, soliq ushlanmalarini hisobga olmagan holda, barcha ish haqi (daromad) to'lov turlariga hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to'lovni hamda davlat ijtimoiy sug'urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, to'lash va taqsimlash to'g'risidagi Nizom O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 6-aprelda 1333-son bilan ro'yxatga olingan.
Budjettashkilotlaridayagonaijtimoiyto'lovbo'yichahisob-kitoblarni buxgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 175-«Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti qo'llaniladi. 175-«Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyotining kreditida hisoblangan yagona ijtimoiy to'lov summasi, uning debetida esa davlat soliq nazoratiga (pensiya fondiga) o'tkazib berilgan yagona ijtimoiy to'lov summasi aks ettiriladi. 175-«Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyotining debeti bo'yicha qoldiq summasi budjet tashkilotining davlat soliq nazoratiga ortiqcha o'tkazilgan mablag' summasini ko'rsatsa, uning kredit bo'yicha qoldiq summasi esa budjet tashkilotining davlat soliq nazoratidan yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha qarz summasi ko'rsatiladi.
2004-yil yanvar oyidan boshlab budjet tashkilotlari pensiya fondiga, aholini ish bilan ta’minlashga ko'maklashish fondiga va kasaba uyushmalari kengashigaajratmalarqilmasdan, balki ajratma summasining hammasini faqat yagona ijtimoiy to'lov sifatida o'tkazib bera boshladi. Ajratma mablag'lari soliq organlarining bank muassasalaridagi hisobvaraqlariga tushadi. Bank muassasalari har kuni kelib tushgan yagona ijtimoiy to'lov summalarini shu kunning o'zida belgilangan me’yorlar bo'yicha tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo'limlariga va tuman (shahar) aholini ish bilan ta’minlashga ko'maklashish bo'limlariga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashlariga ajratma qilib o'tkazib beradi.
Yagona ijtimoiy to'lovni hisoblash barcha ishchi va xizmatchilarning mehnat haqi summasiga nisbatan har yilni davlat budjeti tasdiqlanganda belgilangan foizda amalga oshiriladi.
Yagona ijtimoiy to'lov moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, soliq ushlanmalarini hisobga olmagan holda, barcha ish haqi (daromad) to'lov turlariga hisoblanadi. Bunda quyidagi to'lov turlaridan yagona ijtimoiy to'lov hisoblanmaydi:

  1. Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya;

  2. Ishdan bo'shash chog'idagi ishdan bo'shash nafaqasi;

3. Moddiy yordam sifatida beriladigan pul nafaqalarining turli
xillari;
4. Kompensatsiya to'lovlari (xizmat safarlariga oid sutkalik pullar va
sutkalik pul o'miga to'lanadigan to'lovlar, ish bilan bog'liq shikastlanish
yoki boshqa xildagi sog'liqqa yetkazilgan zarar natijasida ko'rilgan
zararning qoplanishiga oid to'lovlar);
5. Ayrim toifadagi xodimlarga bepul beriladigan kvartiralar,
kommunal xizmatlar, yoqilg'i, oylik yo'l chiptalari qiymati yoki ularni
qoplash qiymati;

  1. Berilgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal va yakka tartibdagi boshqa himoya vositalari, sovun, yog'sizlantirish vositalari, sut va davolash-profilaktika ovqatlanishining qiymati;

  2. Bepul ovqatlanish qiymati;

  3. Tushliklarga oid dotatsiyalar, sanatoriy-kurortlarda davolanishga, damolishuylarigayo'llanmalarningqiymati,statsionarvaambulatoriyada davolanish uchun to'lovlar;

  4. Ishlash uchun boshqa hududga o'tkazish yoxud ko'chib o'tish chog'ida borish, mol-mulkni tashish va xonani ijaraga olish bo'yicha xarajatlaming qoplanishi;

10. Doimiy ishi yo'lda o'tadigan yoki sayyor tusga ega bo'lgan
yoxud xizmat safarlari munosabati bilan bog'liq hollarda ish haqiga
sutkalik to'lov puli o'miga qo'shimcha to'lov va ustamalar;
11. Mehnat uchun taqdirlashlarsiz ishlangan kunlar (shanbaliklar,
yakshanbaliklar va sh.k.) uchun tegishli budjet yoki xayriya fondlari
hisobiga o'tkaziladigan ish haqi;
12. Ish haqi fondi (mehnatga haq to'lash fondi) hisobidan
o'tkaziladigan yubiley sanalari, tug'ilgan kunlar munosabati bilan, uzoq
yillik va nuqsonsiz mehnat faoliyati uchun, faol jamoatchilik ishi uchun
va boshqa shunga o'xshash hollarda rag'batlantirish to'lovlari (bunga
mukofotlarhamkiradi);
13. Musobaqalar, ko'riklarda, tanlovlar va shu kabilarda sovrinli
o'rinlar uchun beriladigan pul mukofotlari;
14. Korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarishdan
ajralgan holda o'qish uchun yuborilgan o'quvchilarga to'lanadigan
stipendiyalar;

  1. Korxona, muassasa va tashkilotlar hisobidan yosh mutaxassislarga ohy yoki o'rta maxsus o'quv yurtini tamomlaganlaridan so'ng ta’til vaqti uchun to'lanadigan nafaqalar;

  2. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar, ishsizlik bo'yicha nafaqalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar.

Yagona ijtimoiy to'lovni hisoblash mehnat haqi va stipendiyalar hisob-kitob vedomostlari yoki hisob-kitob vedomostlarining yig'imi (705-shakl) asosida hisoblangan mehnat haqining butun summasidan kelib chiqqan holda oyda bir marta amalga oshiriladi. Yagona ijtimoiy to'lovning analitik hisobi 283-shakldagi ko'p ustunli kartochkalarda yuritiladi.
Hisoblangan yagona ijtimoiy to'lov summasiga budjet tashkilotlarining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214-«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarningxarajatlari» subschyoti) yoki
Debet 211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
Kredit 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti.
Hisoblangan yagona ijtimoiy to'lov summasi davlat soliq nazoratiga o'tkazib berilganda budjet tashkilotlarining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblan> subschyoti;
Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti) yoki
Kredit 100 -«Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablaglari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti).

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling