Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari


Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi


Download 204.45 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi204.45 Kb.
#1027265
1   2   3   4
Bog'liq
Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari

2. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi
Bir xil mohiyatga ega va o’zaro munosabatda bog’liq bo’lib, markazlashgan pul fondi bo’lgan davlat byudjeti va davlatning boshqa maqsadli jamg’armalarini majburiy tashkil etadigan soliqlar va yig’imlar turlarining yig’indisiga soliq tizimi deb ataladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahririning 17-―Soliqlarning va yig’imlarning turlari‖ nomli moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) qo’shilgan qiymat solig’i;
2) aksiz solig’i;
3) foyda solig’i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
5) yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) ijtimoiy soliq.
Shuningdek, soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog’liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to’lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo’llashni nazarda tutishi mumkin.
Barcha soliqlarni soliqqa tortish obyekti, iqtisodiy mohiyati va byudjet tizimi bo’g’inlari daromadlarini shakllantirishiga ko’ra quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqqa tortish obyektiga ko’ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhlanadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar;
2. Daromaddan olinadigan soliqlar;
3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;
4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona bojlari va yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridagidek, mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini ham kiritish mumkin.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan mol-mulk solig’i kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan yer solig’i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra soliqlar egri va to’g’ri yoki bevosita va bilvosta soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham
bitta shaxs bo’ladi. To’g’ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda bo’lmaydi. Bu soliqlarga daromad va mulkdan to’lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To’g’ri soliqlar bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo’l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi.
Demak, bu guruh soliqlari stavkalari to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog’liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to’lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko’rsatuvchilar) bo’lib, soliqning haqiqiy og’irligi keyingi (so’nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi, ya‘ni bu yerda haqiqiy soliq to’lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga ustama ravishda qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralab, mamlakat ichida tovarlar ko’p bo’lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to’g’ridan-to’g’ri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, byudjetga to’lovlarni ham kamaytirishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni – muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo’lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to’g’ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak. Jahon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin. Masalan: AQShda to’g’ri soliqlar salmog’ining byudjet daromadida 90 foizga yaqin bo’lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotganidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun kabisoliqlar kiradi.


Download 204.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling