Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari


-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi1


Download 204.45 Kb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi204.45 Kb.
#1027265
1   2   3   4
Bog'liq
Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari

1-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi1
Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni – mudofaa, milliy havfsizlikni ta‘minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo’lishi shart. Qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksining IV bo’limi ―Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari‖ deb nomlanadi. Ushbu bo’limning 9-bobida davlat byudjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, Kodeksning 50-moddasi ―Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish‖ deb nomlanadi va unda davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko’rsatilgan (1-rasm):
 soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
 davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
 meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
 yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
 rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
 qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet kodeksining 51-moddasida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berilgan bo’lib, ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig’i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari
bo’yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari, jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo’yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident bo’lgan yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi.
Byudjet kodeksining 52-moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllantirish manbalari ko’rsatilgan bo’lib, ular:
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig’i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari
bo’yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk solig’i;
4) yer solig’i;
5) qurilish materiallari bo’yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im;
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo’naltiriladigan davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo’yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan molmulkni, huquq bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.
Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, byudjet daromadlarining shakllanishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini davlat byudjetiga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiybuyumlashgan mazmunini davlat ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi namoyon bo’lish shakli davlat byudjetiga tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalarning harakatida namoyon bo’ladi.
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat byudjetida to’planadigan mablag’larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi. Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetda to’planadigan mablag’larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi.
Bugungi kunda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o’sish sur‘atlarini ta‘minlashga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo’ymoqda. Bunda samarali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o’rinni egallamoqda. Shu bilan birga, umumiy iqtisodiy muvozanatni ta‘minlashga yo’naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog’liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog’liq bo’lmoqda. Buni o’z navbatida keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat byudjeti daromad ko’rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin.



Download 204.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling