Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi. Bajardi: Ibrohim Ulug’bekovich Sayfiyev Ilmiy rahbar: K. o’q. Sh. Xalilova toshkent
I BOB. XODIMLAR BILAN HISSOBLASHUVLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Download 91.32 Kb.
|
Kurs ishi Ibrohim Sayfiyev
I BOB. XODIMLAR BILAN HISSOBLASHUVLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI.
1.1 Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, xizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha xodimlar bilan, stipendiya to‘lovlari bo‘yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Material javobgar shaxslar bilan yo‘l qo‘yilgan kamomadlar bo‘yicha hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo‘yicha kamomadlar unidirish vaqtida bozor qiymatida undiriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va mehnat qonunchiligi talablari asosida undiriladi. “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan. Bir oylik o‘rtacha ish haqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi. Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi vazifalari bevosita xo‘jalik sub’ektilarga berilgan. Har bir xodimning mehnat daromadlari, xo‘jalik sub’ekti faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda, uning qo‘shgan hissasi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, xo‘jalik sub’ektilarning jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Ma’lumki ish haqi, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: Asosiy ish haqiga, xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib qolishlarga xisoblangan ish haqi va shu kabi boshqalar kiradi . Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun xisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar kiradi. Budjet tashkilotlari xodimlar bilan yuqorida ko’zda tutilgan hollarda moliyaviy munosabatga kirishadilar. Ushbu moliyaviy munosabatlarning asosliligi, to’g’riligi va qonuniyligi budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipini ta’minlanishiga olib keladi.5 Budjet tashkilotlarida xodimlar bilan hisob-kitoblar nafaqat xodimlarni pul mablag’lari bilan ta’minlash xususiyati bilan ijtmoiy ahamiyatga ega, balki hisoblangan oylik ish haqlaridan ushlab qolinadigan soliqlar va majburiy to’lovlarni qamrab olishi bilan davlat budjetida fiskal ahamiyatga ega. Budjet tashkilotlari o’z xodimlari doirasida davlat budjetiga o’tkazib beradigan yagona ijtimoiy soliq hamda jismoniy shaxlardan olinadigan daromad solig’i davlat budjetida sezilarli ahamiyatga ega. Buning isboti sifatida 2022-yil doirasdi davlat budjetining daromad oqimlarining asosiy ko’rsatkichlarida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i alohida ta’kidlab o’tilganini aytishimiz mumkin. Ushbu yil uchun bu soliq davlat budjetiga 22045,0 mlrd so’m bevosita soliqlar hisobida 32,2 foizni umumiy davlat budjeti doirasida esa 11,04 foizni tashkil etgan.6 Stipendiya oluvchilar borasida gap ketganda ularning davlat budjetiga moliyaviy ahamiyatini ta’kidlashdan ko’ra uning ijtimoiy ahamiyatini keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir. “Stipendiya chuqur kasbiy bilimlarni egallash va davomatni oshirishda talabalarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar barpo etish maqsadida to‘lanadi.”7 Yuqorida keltirib o’tilgan mulohaza va fikrlar asosida quyida xodimlar bilan hisob-kitoblar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar asosi, tartibi va to’lanishi hamda ularni qay tartib budjet tashkiloti buxgalteriya hisobida ko’rsatish haqida so’z boradi. Download 91.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling