"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Asosiy vositalarni hisobvaraqlarda aks ettirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

 
3.Asosiy vositalarni hisobvaraqlarda aks ettirish 
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning sintetik hisobi 01 “Asosiy vositalar” schyotida 
yuritiladi.
01 “Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi: 
010 “Turar-joy imoratlar”; 
011 “Noturar joy imoratlar”; 
012 “Inshootlar”; 
013 “Mashina va jihozlar”; 
015 “Transport vositalari”; 
018 “Kutubxona fondi”; 
019 “Boshqa asosiy vositalar”. 
010 “Turar-joy imoratlar” subschyotida to‘liq yoki asosan turar-joy uchun belgilangan 
binolar (turar-joy binolarining umumiy foydali maydoni, barcha maydonni 50 foizidan kam 
bo‘lmagan) hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu subschyotda tashkilotlarning balansida bo‘lgan 
va o‘z xodimlarining, jumladan xarbiy xizmatchilarning yashashi uchun foydalaniladigan binolari 
ham hisobga olinadi. 
011 “Noturar joy imoratlar” subschyotida turar-joy bo‘lmagan barcha imoratlar, jumladan, 
ishlab-chiqarish xo‘jalik binolari, boshqaruv organlari, ijtimoiy-madaniy (o‘quv yurtlari, 
kasalxonalar, poliklinikalar va ambulatoriyalar, internatlar, qariyalar va nogironlar uylari, 
maktabgacha ta’lim muassasalari, kutubxonalar, klublar, muzeylar, laboratoriyalar va boshqalar) 
va tashkilotlar tomonidan band qilingan boshqa binolar hisobga olinadi. 
012 “Inshootlar” subschyotida quyidagilar hisobga olinadi: vodokachkalar, stadionlar, 
basseynlar, yo‘llar, ko‘priklar, yodgorlik-haykallari, parklar, hiyobonlar va jamoat bog‘larining, 
shuningdek tashkilotlarning to‘siqlari va boshqalar. 
Bundan tashqari, ushbu subschyotda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur 
o‘tkazgichlar (ularga tegishli barcha oraliq moslamalari bilan), transformatsiya (o‘zgartirish) va 
quvur o‘tkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalarni iste’molchilarga yetkazish uchun energiya 
uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda, elektr stansiyalarning, gazkompressor, nasos 
va boshqa stansiyalarning binolari 011 subschyotda, ularning jihozlari esa, 013 subschyotda 
hisobga 
olinadi. 
013 “Mashina va jihozlar” subschyotida quyidagilar: kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish 
mashinalari va jihozlar, o‘lchov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, laboratoriya 


jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va jihozlar alohida 
guruhlarga 
ajratilib 
hisobga 
olinadi: 
1) kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr energiyasini hosil qiluvchi mashina-
generatorlar va turli xil energiyani (suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik, ya’ni, 
harakat 
energiyasiga 
aylantirib 
beruvchi 
mashina 
dvigatellar; 
2) ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar 
jarayonida mehnat predmetiga mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishga hamda ishlab 
chiqarish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar, inson va hayvonlar kuchi yordamida 
joydan-joyga ko‘chirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar va jihozlar
3) o‘lchov asboblari – dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetrlar, vaakummetrlar, 
vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik o‘lchagichlar, galvonometrlar, geodeziya asboblari, 
gidroskoplar, indikatorlar, kompasslar, monometrlar, xranometrlar, maxsus tarozilar, 
o‘lchagichlar, kassa apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv o‘lchash asboblari va boshqalar; 
4) tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod nafas oldirgich asboblar, elektr, pnevmatik 
va gidravlik muntazamlashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish pultlari, 
markazlashtirish, blakirovka qilish apparaturalari, dispecherlik nazorati liniyasi moslamalari va 
boshqalar; 
5) laboratoriya jihozlari – pirometrlar, regulyatorlar, kalorimetrlar, nam o‘lchagich asboblar, 
tutish kublari, laboratoriya kopralari, gaz o‘tkazmaslikni sinash uchun mo‘ljallangan asboblar, 
mikroskoplar, termostatlar, stabilizatorlar, surib oluvchi shkaflar va shu kabilar; 
6) hisoblash texnikasi – elektron-hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar, kompyuterlar va 
unga qo‘shimcha qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari, raqamli hisoblash 
mashinalari va moslamalari (klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar, perforatsion hisoblash 
mashinalari) 
va 
boshqalar; 
7) meditsina jihozlari – meditsina jihozlari (tish davolash kreslolari, operatsiya stollari, maxsus 
jihozli krovatlar va boshqalar), dizenfeksiyalovchi va dezinseksionlovchi maxsus jihozlar, sut 
oshxonalari va sut stansiyalarining, qon quyish stansiyalarining jihozlari va boshqalar
8) asbob-uskunalar – mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtiril-magan umumiy 
foydalanishga mo‘ljallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi 
mashinalarga biriktirib qo‘yilgan predmetlar. Ularga quyidagilar kiradi: kesuvchi, zarbberuvchi, 
presslovchi va zichlovchi qo‘l mehnati qurollari, bularga elektr energiyasi, siqilgan havo va shunga 
o‘xshashlar yordamida ishlovchi mexanizatsiyalashtirilgan qo‘l mehnati qurollari ham kiradi 
(elektrodrellar, kraskopultlar, elektr vibratorlar, gayka buragichlar va boshqalar), shuningdek, 
materiallarga ishlov berishga, montaj ishlarini bajarishga va shunga o‘xshashlarga mo‘ljallangan 
turli xil moslamalar (tiskilar, patronlar, bo‘lgich golovkalar, avtomobil dvigatellarini o‘rnatish 
uchun va kardanli valni aylantirish uchun mo‘ljallangan moslamalar) va boshqalar
9) ishlab-chiqarish inventarlari va buyumlari – ish vaqtida ishlab chiqarish operatsiyalarini 
yengillatishga xizmat qiladigan predmetlari, ish stollari, verstaklar, kafedralar, partalar va 
boshqalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va sochiluvchan jismlarni 
saqlashga mo‘ljallangan moslamalar (baklar, tanlar, omborlar va boshqalar), savdo shkaflari va 
stelajlari, inventarlar, ish mashinalari qatoriga qo‘shib bo‘lmaydigan texnika predmetlari; 
10) xo‘jalik inventarlari – idora jihozlari, ko‘chma barerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turli xil 
shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan (yong‘inga chidamli) shkaflar va qutilar, yozuv 
mashinkalari, gektograflar, kapirograflar va boshqa apparatlar, ko‘chma o‘tovlar, palatkalar 
(kislorodlilardan tashqari), krovatlar (maxsus jihozli krovatlardan tashqari), gilamlar, pardalar va 
boshqa xo‘jalik inventarlari va shuningdek, yong‘inga qarshi predmetlar – gidropultlar, stendlar, 
qo‘l 
narvonlari 
va 
h.k; 
11) boshqa mashina va jihozlar – yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar
apparatlar, sport maydonlari, stadionlar va sport binolarining jihozlari (shu jumladan sport 
anjomlari), o‘quv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalarning jihozlari, muzika asboblari, televizorlar, 
radioapparaturalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi boshqa 
muassasalarning maxsus jihozlari, ATS jihozlari, o‘t o‘chirishda ishlatiladigan mexanik narvonlar, 


kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar (muzlatkichlar), chang yutgichlar va boshqalar. 
015 “Transport vositalari” subschyotida quyidagilar alohida guruhlarga ajratilib odamlarni va 
yuklarni 
tashishga 
mo‘ljallangan 
barcha 
turdagi 
vositalar 
hisobga 
olinadi: 
1) temir yo‘l, suv va avtomobil transportining harakatdagi tarkibi (elektrovozlar, teplovozlar, 
paravozlar, motovozlar, motodrezinalar, vagonlar, platshakllar, sisternalar, teploxodlar, 
paroxodlar, dizel-elektroxodlar, buksirlar, barjalar va barkalar, qutqaruvchi qayiqlar, suzuvchi 
pristanlar, parusli kemalar, yuk avtomobillari va yengil avtomobillar, pritseplar, avtosamosvallar, 
avtotsisternalar, avtobuslar, tortuvchi traktorlar va boshqalar); 
2) havo transportining harakatdagi tarkibi (samolyotlar, vertalyotlar va boshqalar); 
3) ot-aravalar (aravalar va boshqalar); 
4) ishlab-chiqarish transporti (elektrokaralar, mototsikllar, motorolerlar, velosipedlar, 
aravachalar va boshqalar); 
5) sport transportining hamma turlari. 
Bunda, 
yuk 
tortadigan 
va 
sport 
otlari 
hamda 
boshqa 
ish 
hayvonlari
019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida hisobga olinadi. 
018 “Kutubxona fondi” subschyotida kutubxona fondlari, kitoblarning ayrim nusxalarining 
qiymatidan qat’i nazar hisobga olinadi. Kutubxona fondiga ilmiy, badiiy va o‘quv adabiyotlari, 
adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar kiradi. 
019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida alohida guruhlarga ajratilib quyidagilar hisobga 
olinadi: 
1) ko‘p yillik daraxtlar va ekinlar. Ko‘p yillik daraxtlar va ekinlarga sun’iy ko‘p yillik ko‘chatlar 
(ularning yoshidan qat’i nazar), mevali ko‘chatlarning hamma turlari (daraxt va butalar), 
ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, hiyobonlar, muassasalar hududida turarjoy uylarining hovlilaridagi 
ko‘kalamzorlashtiruvchi va manzarali daraxt va butalar, yashil to‘siqlar, qordan to‘suvchi va 
dalalarni himoya qiluvchi, qumlarni va daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun ekiladigan 
daraxtlar, jar va soy yoqalariga ekiladigan daraxtlar va shunga o‘xshashlar, botanika bog‘lari va 
boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamda o‘quv yurtlarining ilmiy maqsadlarga 
mo‘ljallangan sun’iy daraxtlari va boshqa ko‘p yillik sun’iy daraxtlar (hamma turdagi yosh 
daraxtlar to‘liq yetilgan, ya’ni meva beradigan daraxtlardan alohida hisobga olinadi). 
2) muzey qimmatliklari (ularning qiymatidan qat’i nazar) davlat muzeylarida hisobga olinadigan 
muzey eksponatlaridan (san’at va tabiatshunoslik predmetlari, qadimiy va turmush madaniyati 
predmetlari hamda ilmiy, tarixiy va texnikaviy ahamiyatga ega bo‘lgan eksponatlardan) tashqari; 
3) hayvonot bog‘lari va shunga o‘xshash muassasalardagi hayvonat olami eksponatlari (ularning 
qiymatidan qat’i nazar); 
4) sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr 
kostyumlari va milliy kostyumlar, bosh kiyimlar, ich kiyimlar, poyafzallar, pariklar va boshqalar; 
5) 
o‘quv 
kinofilmlar, 
magnit 
diskalar, 
kasetalar 
va 
boshqalar; 
6) ish hayvonlari – otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (yuk tashuvchi va 
sport otlari hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlarni ham qo‘shib); 
7) mahsuldor va zotdor mollar – sigirlar, buqalar qo‘toslar va buyvollar (ish hayvonlaridan 
tashqari), ayg‘irlar va zotdor biyalar (ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), yilqida 
boqishga o‘tkazilgan biyalar, tuyalar (ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), bug‘ular, 
cho‘chqalar, qo‘ylar, echkilar, qo‘chqorlar va boshqalar; 
8) boshqa inventarlar (bolalar uyinchoqlari, maxsus chang‘ilar va boshqalar); 
9) boshqa maxsus, shu jumladan harbiy asosiy vositalar. 
01 “Asosiy vositalar” schyotining debet tomonida asosiy vositalarning kirimi (dastlabki 
qiymatini
shishi), kredit tomonida esa, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (dastlabki qiymatini 
kamayishi) aks ettiriladi. 
Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 01 “Asosiy vositalar” 
schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbaalari 
bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 013/1 “Mashina va jixozlar(byudjet 


mablag‘i hisobidan)”, 013/2 “Mashina va jixozlar (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i 
hisobidan)” va hokazo. Xuddi shuningdek boshqa asosiy vositalarni aks ettiruvchi subschyotlar 
bo‘yicha ham ochish mumkin. Bu o‘z navbatida asosiy vositalarga eskitrish hisoblanayotganda 
balansga olinish manbaasidan kelib chiqib haqiqiy xarajatlarda, hisobdan chiqarilishida aniq aks 
ettirish imkonini beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling