"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

6.Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari. 
Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar 
ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa 
funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy 
mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. 
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning 
o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: 
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi; 
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoxud 
korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan 
yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl 
mobaynida 
foydalanish.
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi; 
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini 
tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa 
muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning 
mavjudligi; 
d) identifikatsiyalash imkoniyati. 
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan 
biriga muvofiq kelsa:
a) 
ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib 
yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga 
ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa. 
b) 
Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu 
jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy 
vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy 
vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy 
aktiv 
hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan 
ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi.
Kelgusida korxonaning nomoddiy aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda olish ehtimoli faqatgina 
quyidagi holda mavjud bo‘ladi: 
c) 
a) 
aktivning 
kelgusida 
korxonaning 
iqtisodiy 
foydasi 
(daromadi)ning 
ko‘paytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish niyati 
isbotlanganda; 
b) korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topa olishi uchun yetarlicha resurslar 
mavjud bo‘lganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin bo‘lganda. 
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy 
aktivlarning inventar ob’ekti bo‘lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish 
shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Bir inventar ob’ekti 
boshqasidan ajratilishi (identifikatsiyalanishi)ning asosiy belgisi bo‘lib, ular tomonidan mahsulot 
ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil vazifalarning bajarilishi 
yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi.


Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida bo‘lgan nomoddiy aktivlar ob’ekti har bir korxona 
tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks 
ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi ob’ektlar kiritilishi mumkin: 
a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi; 
b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan 
mutlaq huquqi; 
d) v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga 
bo‘lgan mutloq huquqi
e) g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqi, 
shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi; 
f) d) huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi; 
g) gudvill 
j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa 
resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish 
huquqi; 
h) z) yer uchastkasidan foydalanish huquqi;
i) i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar). 
Nomoddiy 
aktivlar 
quyidagilar 
natijasida 
tashkilot 
balansiga 
kiritiladi: 
- ishlab chiqarish tugaganidan so‘ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish; 
j) - 
oldi-sotdi 
shartnomasi 
bo‘yicha 
ob’ektni 
sotib 
olish; 
- beg‘araz kelib tushish; 
k) - 
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko‘ra. 
l) Cotib olingan, shuningdek tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning 
dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining 
to‘liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni yetkazib berish va o‘rnatish, ishga 
tushirish va boshqa shu bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Jumladan, sotib 
olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: 
• huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga to‘langan 
summalar
• huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan 
ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar; 
m) • bojxona bojlari va yig‘imlari; 
n) • nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
o) • nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun 
to‘langan summalar; 
p) • nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar; 
• nomoddiy aktivlar ob’ektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; 
• aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq 
boshqa xarajatlar. 
q) Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, sotib olish 
bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni 
sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich 
qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida 
hisobotlarda aks ettiriladi. 
r) Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning 
boshlang‘ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar 
summasi sifatida aniqlanadi. 


Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan nomoddiy 
aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
kursi bo‘yicha chet el valyutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling