"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda xisobdan chiqarilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

 
3.Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda xisobdan chiqarilishi
hisobi.
Tovar-moddiy zahiralar kirimi buxgalteriya hisobida alohida aks ettriladi. Ma’lumki tovar-
moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi: 
-yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish; 
-beg‘araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha); 
-uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish; 
-ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash; 
-tashkilotning o‘zida tayyorlanishi; 
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo‘yicha kiritiladi, u 
xarid qiymati (yetkazib beruvchiga to‘lanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: 
-bojxona bojlari va yig‘imlari; 
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va boshqa majburiy 
to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
-tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga 


to‘lanadigan vositachilik haqi; 
-tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan 
bog‘liq bo‘lgan texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha xarajatlar; 
-tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga 
yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, 
tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish 
joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy 
zaxiralarni tashishda xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi; 
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. 
Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish 
xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga 
xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), 
tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va 
yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan 
hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini 
tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida belgilanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig‘iladi va tovar-moddiy 
zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari tegishli bo‘lgan partiyalari, 
guruhlari) o‘rtasida taqsimlanadi. 
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi tovar-moddiy 
zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan holda, chet el 
valyutasidagi summani bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar 
ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi.
Tashkilot tomonidan beg‘araz olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning 
buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Yuridik va jismoniy shaxslardan xomiylik ko‘rinishida olingan tovar-moddiy zahiralar tannarxiga 
ularni tashkilotga olib kelish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar ham kiritiladi. 
Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazishda ham ularning buxgalteriya hisobiga qabul 
qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda tannarxi aniqlanadi. Bunda asosiy 
vositalarni tugatilishi natijasida yaroqli bo‘lgan qismlari (bino-inshootlar bo‘yicha foydalanish 
mumkin bo‘lgan qurilish materiallari, transport vositalari bo‘yicha yaroqli extiyot qismlari va 
xokazo) joriy qiymatda baxolanib tovar-moddiy zahiralar tarkibiga kirish qilinadi. 
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash natijasida aniqlangan 
aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy 
zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy 
zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, 
ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga 
quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat 
xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. 
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirimi bo‘yicha hisob registrlariga boshlang‘ich 
hisob hujjatlari (hisobvaraqlar, dalolatnomalar va boshqalar) asosida ushbu material zahiralar 
olingan kun (sana) bilan yoziladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida quyidagi ma’lumotlar 
ko‘rsatilishi kerak: mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlari kimdan olinganligi, nomi, navi, 
miqdori (og‘irligi) bahosi, summasi, omborga kelib tushgan vaqti va shu qimmatliklarni qabul 
qilgan moddiy javobgar shaxsning qabul qilganlik haqidagi imzosi va h.k.lar. 
Mahsulot yetkazib beruvchining hujjatlarida farq bo‘lgan hollarda qabul qilish 
dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnoma tashkilotdagi qabul qilish komissiyasi tomonidan ikki 
nusxada tuziladi, bu dalolatnomani tuzishda ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) va mahsulot 


yetkazib beruvchi tomon yoki manfaatdor bo‘lmagan boshqa tashkilotlarning vakili qatnashishi 
shart.
Dalolatnomaning bir nusxasi qabul qilingan moddiy qimmatliklarni hisobga olish uchun, ikkinchi 
nusxasi esa, mahsulot yetkazib beruvchilarga da’vo xati yuborishda foydalaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling