"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-MAVZU. BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBI REJA
Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. Tovar-moddiy zahiralarga qanday moddiy qiymatliklar kiritiladi? 2. Tovar-moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan vazifalarni aytib bering? 3. Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha me’yorlarni aniqlash tartibini tushuntirib bering? 4. Tovar-moddiy zahiralar sintetik va analitik hisobini yuritilishini aytib bering? 5. Tovar-moddiy zahiralarni kirimi hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering? 6. Tovar-moddiy zahiralarni yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish jarayonini xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ayting? 7. Tovar-moddiy zahiralarni tashkilotning o‘zida tayyorlanishi hisobini tushuntirib bering? 8. Tovar-moddiy zahiralarni beg‘araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha)ni xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ayting? 9. Tovar-moddiy zahiralar qaysi xolatlarda tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi? 11-MAVZU. BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBI REJA: 1. Moliyaviyaktivlar va ular hisobini tashkil etish, maqsadi va vazifalari. 2. Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘larining hisobi. 3. Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 4. Kassa operatsiyalari hisobi 5. Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 1. Moliyaviyaktivlarva ular hisobini tashkil etish, maqsadi vavazifalari. Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag‘lari hisobi alohida tashkil etiladi. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlariga hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, yo‘ldagi pul jo‘natmalari, moliyaviy qo‘yilmalar (vaqtincha depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari) kiradi. Byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari harakati moliya organlari tomonidan ochilgan shahsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida shahsiy hisobvaraqalarni ochish, yuritish, yopish tartibi “Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish Qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 5 dekabrda 1746-son bilan ro‘yxatga olingan)ga asosan amalga oshiriladi. G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida byudjet tashkilotlari uchun shahsiy hisobvaraqlar ochilib yuritilar edi. 2011 yildan boshlab byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun moliya organlari tomonidan shahsiy hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq dasturga kiritiladi va G‘aznachilik va ularning xududiy bo‘linmalarida ko‘rinadi. Byudjet tashkilotlari shaxsiy hisobvarag‘ining unikal raqami yigirma yetti razryaddan iborat bo‘lib: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling