11-MAVZU. Byudjet TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBI
REJA:
1. Moliyaviyaktivlar va ular hisobini tashkil etish, maqsadi va vazifalari.
2. Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘larining hisobi.
3. Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi
4. Kassa operatsiyalari hisobi
5. Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi
Moliyaviyaktivlarva ular hisobini tashkil etish, maqsadi vavazifalari.
Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag‘lari hisobi alohida tashkil etiladi. Budjet tashkilotlari moliyaviy aktivlariga hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, yo‘ldagi pul jo‘natmalari, moliyaviy qo‘yilmalar (vaqtincha depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari) kiradi. Budjet tashkilotlari pul mablag‘lari harakati moliya organlari tomonidan ochilgan shahsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Budjet tashkilotlarida shahsiy hisobvaraqalarni ochish, yuritish, yopish tartibi “Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish Qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 5 dekabrda 1746-son bilan ro‘yxatga olingan)ga asosan amalga oshiriladi. G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida budjet tashkilotlari uchun shahsiy hisobvaraqlar ochilib yuritilar edi. 2011 yildan boshlab budjet tashkilotlari pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun moliya organlari tomonidan shahsiy hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq dasturga kiritiladi va G‘aznachilik va ularning xududiy bo‘linmalarida ko‘rinadi.
Budjet tashkilotlari shaxsiy hisobvarag‘ining unikal raqami yigirma yetti razryaddan iborat bo‘lib:
Budjet tashkilotlari shaxsiy hisobvarag‘ining unikal raqami yigirma etti razryaddan iborat bo‘lib:
Do'stlaringiz bilan baham: |