11-mavzu. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi reja


Download 40.17 Kb.
bet2/10
Sana15.11.2023
Hajmi40.17 Kb.
#1775273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-MAVZU Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi

R Razryad raqamlari

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14




Razryad raqamlari

Sh ulardan:


16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27



1-6 gacha razryadlar - Tasdiqlangan mablag‘larning manbalari va budjet darajasi tasnifiga muvofiq mablag‘larning manbalar kodi va budjet darajasi;


7-9 gacha razryadlar - Tasdiqlangan valyutalar klassifikatoriga muvofiq valyuta kodi;
10-14 gacha razryadlar - Tasdiqlangan hududlar tasnifiga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
15-24 gacha razryadlar - Budjetdan mablag‘ oluvchilar bo‘yicha budjet tasnifining tegishli ko‘rsatkichlari kodlari, bunda:
15-21 gacha razryadlar - Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
22-24 gacha razryadlar - Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
25-27 gacha razryadlar - budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraq raqami kodi.
Budjet tashkilotlarida pul mablag‘lari hisobi budjet (budjet tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan) va budjetdan tashqari (ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa mahsus mablag‘lar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan, chet el valyutasidagi) bo‘yicha yuritiladi. Budjet tashkilotlari Davlat budjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi munosabati bilan hizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan budjet, budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob schyotlari yopilib G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlaridagi ochilgan shahsiy hisobvaraqlarga o‘tkazildi. Natijada G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari tomonidan budjet tashkilotlarini yuridik va moliyaviy majburiyatlari ro‘yhatga olinib yagona g‘azna hisob raqamidan to‘lab berilmoqda.
Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlaridir. 
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda budjetdan mablag‘ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlardir.
Bu shuni anglatadiki budjet tashkilotlari nomidan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Download 40.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling