11-mavzu. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi reja


Download 40.17 Kb.
bet6/10
Sana15.11.2023
Hajmi40.17 Kb.
#1775273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-MAVZU Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi

Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi: 
110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar”; 
111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”;
112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari”;
113 “Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar”;
114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar”;
115 “Valyuta hisobvarag‘i”;
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari”.
110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag‘lari hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag‘larni kirimi, kredit tomonida mablag‘larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar va tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushimlari, xomiylik mablag‘lari tushumi, yil yakuniga ko‘ra budjet mablag‘lari bo‘yicha iqtisod qilib qolingan mablag‘ni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi aks ettiriladi kredit tomonida ushbu mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
113 “Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo‘yicha mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, boshqa tushimlar summasi, kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi , hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi yoki tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi. Bu schyot asosan sud, prokuratura, boshqa xuquqni himoya qiluvchi organlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Bu schyotni debet tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag‘lar summalari, kredit tomonida bu mablag‘larni qaytarilishi aks ettiriladi.
Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
115 “Valyuta hisobvarag‘i” subschyotida chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari tushumi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi.
Chet valyutasi bo‘yicha mablag‘larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalaridan kirim qilingan mablag‘lar va boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar va boshqa mablag‘lar tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflarishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Download 40.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling